Bugun sahar tongdan bo'lgan Yaponiya va Shvetsiya o'yini 1-1 teng bo'ldi. Ko'p Yaponlar yutamiz deb o'ylagan edi.
Shu haqidagi xabarni ko'rib kirib izohlarni o'qidim va menga bir kishining izohi juda yoqdi.
Asosiysi har o'yinda yutish emas. Ba'zi o'yinda yutish ba'zida durang bo'lishi mumkin. Muhimi, keyingi stepga o'tish.
Keyingi bosqich, keyingi pog'ona, oldinga siljish.
Hayotda ham har doim 100% yutish, g'alaba deb harakat qilib, jon jahtini berib harakat qilsa charchab tolib qolish mumkin. Vaziyatga qarab, kerak joyda kerakli darajada sizni oldinga olib chiqadigan meyorida harakat qilish ham aslida g'alaba kabi kuchga ega. Men futbolni yaxshi tushunmayman, lekin shu izoh orqali o'zimga yangi fikr oldim.
2010-yil, JLPT N1 testini 101 bal bilan olganman. Kimdir balki to'liq 180 bal olishni maqsad qilar, kimdir keyingi bosqichga o'tishni o'ylar. Menimcha Yaponiya jamiyatida JLPT nechi bor deganda hech kim necha bal bilan o'tgansiz demaydi. Bormi yo'qmi shunga e'tibor beradi. Xulosa o'zingizdan.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook