Assalomu alaykum, aziz ustozlarim va murabbiylarim!

Bugungi bayram barchangizga muborak bo‘lsin!

Ustozlarimdan eshitgan hikmatli so‘zlarga ko‘ra, ota-ona farzandini dunyoga keltirsa, ustoz uni kamolga yetkazib, yuksaklarga ko‘taradi. Hayotda katta yutuqlarga erishgan inson yo‘qki, bunga ustozlarining ko‘magi va yo‘l-yo‘rig‘isiz erishgan bo‘lsin.

Qarshi shahridagi 19-maktabda 1–4-sinflarda G‘afforova Farog‘at opa, 5–9-sinflarda 1-gimnaziyada Rayhon Barisovna, 10–11-sinflarda esa ixtisoslashtirilgan Turk litseyida Sharofat opa Zohidova sinf rahbarim bo‘lganlar.

Qarshi davlat universitetida akademik Norboy Uzoqov, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida professor Iskandar Yoqubov (yozuvchi Odil Yoqubovning o‘g‘li), Bank-moliya akademiyasidagi doktorantura bosqichimda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Farxod Isakovich Mirzayev (DTM direktorining o‘rinbosari), AQSHning Webster universitetida tahsil olganimda professor Saodat Tadjibayeva hamda Buxoro davlat universitetidagi doktorantura bosqichimda falsafa fanlari doktori, professor Sanjar Anvarovich Choriyev menga ustozlik qilganlar.

Ayni paytda Tashkent International Universityda DSc doktoranturasida tahsil olyapman. Ilmiy rahbarim — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodir Jumayev Xosiyatovich.

Bugungi Ustoz va murabbiylar kuni bilan barcha ustozlarimni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Barchangizga ezgu tilaklarimni yo‘llayman!

Yana bir bor aytmoqchimanki, ustozlar — yo‘limizni yorituvchi chiroq. Biz haq yo‘lni topishda, avvalo, ustozlarimizning yo‘l-yo‘rig‘iga tayanamiz.

Shogirdlaringiz,
PhD Sherali Holov

1 comment

Assalomu alaykum, oʻsmirlik vaqtingizdan hozirgacha hayotda ustoz boʻlgan yana bir ustozingizni ham eslab ketmasizda.....