⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Sh va Ch harflari òz holatida qolgani yaxshi hozir kòpchilik shunga moslashib bòldi. Yana bu harflarni òzgartirilsa yana anglashilmovchiliklar kelib chiqishi mumkin
Yoshlar òrganib bòldiku shu alifboga nima kerak yana òzgartirib
Shu bularniki kalla. Miyyasi yoʻq bularning. Farosatdan ham bergan ekan. Bular faqat oʻzlarini oʻylaydi...
G'ayrat Pardayev
O'zgartirish umuman kerak emas, chunki hali o'zi ko'p ishchi hujjatlar o'zbek krillda yuritilayotgan bo'lsa, yosh avlod o'zbek lotin ni o'rganib bo'ldi.
Toʻgʻri aka 1-sinfdan alifbe oʻtildi. 1995 2021 yilgacha boʻlganlar. Odam umrini oʻrtacha 75 yil desak aholining 40 % DAN ortigʻi allaqachon bu alifboni oʻrgandi va moslashdi. Endi yana oʻzgartirib nima kerak...
Oʻsha payt my.gov.ga kirib ovoz beringlar deyishdi. Lekin my. Govga kirsak ovoz berish tartibi umuman tushunarsiz. Oʻzim IT DAN anchagina xabardor boʻlganim uchun juda koʻp urindim ammo na bir taklif yozib boʻladi na bir shikoyat qilib boʻladi, ovoz berish degan joyning oʻzi yoʻq. Bir tiyinga qimmat sayt. Soliq, Tashqi ishlar vazirligi saytiga qarasin qanday chiroyli, tartibli sayt. my.gov.uz kamchiliklar koʻp. Ovoz beraman desa profil akkauntni koʻrsatib turaveradi.
Bizni eng ayamchli nuqtamiz shundaki, doim eskisini buzamiz yangisini quramiz, qonunchilikka o'zgartish kiritamiz, 4 yil universitetni o'qib qonunchilikni o'rganib chiqqan talaba keyingi amaliy faoliyatini yangiliklarni joriy qilish bilan emas, kundalik rejimga aylanib ulgurgan o'zgartishlarni kuzatib, o'rganib borishi kerak. Xuddi shuningdek, alifbo ham shuncha yoshlarimizni eski lotin alifbosida savodi chiqdi, katta yoshdagi avlodimiz esa krillda, endi yangi avlodni yangicha alifbo bilan kutib olaylik. Ajabo, bir davrda uch xil savoddagi xalq.
Bundan tashqari moliyaviy jihatdan ham ortiqcha xarajatlar sarflanishiga olib keladi, masalan, I'ch'ki i'sh'lar xodimlari kiyimlari.
O'zbekiston nomi tushirilgan har bir hujjat, namunalar.
Ehe, nimaga alifboni o'zgartirish uchun ehtiyoj sezilibdi tushunmadim. sh va s/h ishtirokidagi tushunmovchilikka olib kelayotgan so'zlar kundalik iste'molda ishlatilmaydiku. Chet elliklar tomonidan ushbu harfiy birikmalar noto'g'ri talaffuz qilinishi tabiiy, chunki ular bu tilni bilmaydiku.
Hurmatli alifboni oʻzgartirishni yoʻqlab chiqayotgan, gramatikani oʻzgartirishni yoʻqlayotgan yurtdoshlar! Sizlardan iltimosim, kelajak avlodlardan juda koʻp xavotir olmang. Ular oʻz yoʻlini oʻzi topa oladi. Zero siz kecha **99 × 50** koʻpaytirish uchun qogʻoz qoralab, siqilib hisoblagan boʻlsangiz, hozirgilar buni ogʻzaki ishlashmoqda.
100×50 = 5 000
5 000 - 50 = 4950....
Hozirgi payt nafaqat matematika balki butun hayotda ham yoshlar kattalardan koʻra aqlliroq boʻlib ulgʻaymoqda. Toʻgʻri bu sizlar kechani kecha, kunduzni kunduz demay tinimsiz qilgan mehnatlaringiz natijasi. Ammo oʻsha natijani yana oʻz qoʻlingiz bilan buzmoqdasiz. Biz maktabda alifboni, ona tili grammatikasini yetarlicha oʻrgandik. Endi esa yana oʻzgarish. Bu aqlga sigʻmaydi. Tilimizni, alifboni ha deb oʻzgartirishga mutlaqo qarshiman. Oʻzingizni koʻrsatmoqchi boʻlsangiz boshqa yangi narsa kashf qiling. Bizning ona tilimizga tegina koʻrmang. Ishonchim komil sizlardan toʻgʻridan toʻgri ona tili aslida nima degani, nima uchun ona tili deymiz deb soʻrasam aniq javob ayta olmaysiz. Gapni olib qochishdan boshqasiga yaramaysiz.
Shu uchun iltimos alifboni oʻzgartirmanglar. Krillchani yoʻqotsak, biz uchun katta gʻalaba boʻlardi...
Regulationda ovoz berib boʻlmaydi....ku
Samandar Norbutaev
Assalomu alaykum. Alifbo islohotini qo'llab-quvvatlayman. Ushbu loyihada 2 ta kamchilik bor: ng harfini va tutuq belgisini chiqarib tashlash kerak.