⚡️ KUNTESTI ning jajji bilimdonlari!

Sizga xushxabarimiz bor. Bolajon telekanali mobil ilovamiz bilan hamkorlikni boshladi. Telekanalda yosh o‘quvchilar tengdoshlariga turli qiziqarli masalalarni yechib berishadi. Bu safargi jajji ustozchalar Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidan Adhamjon (4-sinf) va Nurmuhammad (3-sinf).

Bugun ustozimiz Sardor Bozorboyev ushbu o‘quvchilar bilan uchrashdi, kitoblar va mobil ilova uchun 500 tangadan sovg‘a qildi.

Sizning ham farzandingiz Bolajon TV da ko‘rsatuvda ishtirok etishini xohlasangiz ilovada faol bo‘lishiga e'tibor bering. Eng yaxshi natija egalari ko‘rsatuvda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

📺 Ko‘rsatuv 24-dekabr kuni soat 19:00 da efirga uzatiladi.

10 comments

Ko'z tegmasin tashkilotchilarning g'ayratiga va bilag'on bolajonlarga👍👍👍
Assalomu alaykum. Ustoz. Omadizni bersin. Kun testi ilovasini toxtatmang. Odamlar hali tushungan yo'qda ko'plari.Kun testiniga omad. Ilovaga onlayn darslarni ham qo'shish kerakda.Zoom orqali video darslar berilsa zo'r bo'lardi
Жуда зур гоя !!!KHISO va Kun testi ijodkorlariga омад ва гайрат!Болалар учун зур мотивация булибди! Твда факат республика голиблари иштирок этишадими,ёки сараланиб олинадими?!
Katta rahmat!
Zör rejani amalga oshiripsila ilohim omadizlani berib, negativ fikr bildiruvchilar qolmasin
Bizaniyam ôquvchilarga borish nasib qilsin
Dilnoz
Buncha zo'r juda ajoyib g'oya. Ishlaringizga omad yor bo'lsin.
Dilnoz
1-2-3- o'rin egalarimi shunda.
SHUKRONA
Xayrli ishlaringizda omad va kuch-quvvat tilaymiz!Faqat olg‘a!Shunda Behbudiylar va Qodiriylar,Nosir-u Cho‘lponlar yetishtirishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz!
Dilnoz
Ko'rib juda havas qildik. Bizning farzandlarimizga ham nasib qilsin. Ilohim kelgusi ishlaringiz va rejalaringiz muvaffaqiyat qozonishida Allohim qo'llasin.
Asalomu alykum rahmat olimpiadalar uchun.
Kun testida rasm joylashtirolmayapman