​Бугун илк марта YouTube орқали жонли эфир қилиб кўрмоқчиман. Техник томондан ҳали тажрибам йўқлиги учун баъзи носозликлар бўлиб қолса, маъзур тутгайсиз.

Соат 20:30 да бошлаймиз, Худо хоҳласа. Саволларингизни YouTube'даги чат орқали беришингиз мумкин. Имкониятим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.

❗️Шунингдек, яқин кунларда бир лойиҳа бошламоқчиман, яъни муштарийлар орасидан 5 киши билан Zoom орқали конференция қилиб, турли мавзуларда бирга суҳбат қурмоқчиман ва бу суҳбатни YouTube ҳамда Телеграм каналимга жойлайман. Ўша 5 кишини ҳар сафар кичик танлов асосида танлаб оламан. Танлов шартларини эса бугунги жонли эфирда тушунтираман.

Эфир бошлангуча мана бу ҳавола орқали каналга обуна бўлиб қўйишни унутманг:

http://youtube.com/xushnudbekxudoyberdiyev?sub_confirmation=1

Кўришгунча.

206 comments

Show 100 more comments
Avvalambor Assalomu alaykum. Xushnud aka jonli efirni kuzatolmadim. CHunki qishloq sharoitiga internet tezligi to‘g‘ri kelmaydi. Internet tezligi muammosi hamma qishloqda ham mavjud, hatto internet umuman ishlamaydigan joylar ham bor.
Ассалому алайкум Хушнид ака Аллох рози бўлсин сиздан. Ака илтимос талим сифати тугрисида куп куп жуда куп ёзинг бу хозирги холатда жамиятни тугрилашни иложи йук. Бизни миямизни курт босган. Келажак ёшларини аклини тоза килиб талим беришлари учун сиз купрок харакат килинг сизда имконият купрок.
Jalilova .
ASSALOMU ALEKUM .SIZGA SOVOLIM BOR EDI .BOHCHADA ISHLIMAN .9OYDAN BERI REMONTGA YOPILGAN .OCILMAGAN HALIYAM.RAHBARIYATGA MUROJAT QILDIM ISH BILAN TAMINLAB BERISHMADI.KEYIN ADVOKAT MASLAHATINI OLDIM .159MODDA ASOSIDA ORTACHA ISH HAQI TOLANISHINI TALAB QILDIM VA YAQIN IKKI OY ICHIDA OLDIM.APREL OYI UCHUN TOLASHMADI .SABABI VAZIRLI KARANTIN TUGAGANDAN KN TOLISILA DIB BUYRU BERGANMUSH.HOZI ISHSIZMAN KARANTIN PAYTIDA SHUNDAY QILISHI QONUNAN TOGRIMI?
Kupkari Jinnisi
Dilnozaxonni fikrlariga qushilaman
Zafar Rakhimov
Хурматли Хушнуд Худойбердиев
Шахсан мен сизни ютуб канализга обуга булганман лекин онлайн трансляция ни куришга вакт йук эди, 
Шунинг учун зоом онлайн стримда катнашиш шартини езма равишда ёзиб колдиришингизни Сорайман олдиндан рахмат..!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! yaxshimisiz, ishlaringiz yaxshimi?
You tube dagi savol javoblarda qatnasha olmadim ma‘lum sabablarga ko‘ra. Menda bir savol bor edi. Men OTM 1-kurs talabasiman. Hozirgi karantin davrida ko‘pchilik talabalarni bir savol juda qiynayabdi, ya‘ni bahorgi semestrni qanday yakunlanishi? , "men 1-kursni tugatib 2-kurs bo‘la olamanmi?" va shu kabi boshqa savollar. Avvalgi xabarlarga tayanadigan bo‘lsak, OTM da o‘qishni davom etishi noma‘lum edi, ya‘ni hech bir ma‘sul shaxs karantin falon kuni tugab falon kuni o‘qish davom ettiriladi deb ayta olmayotgan edi. Shundan so‘ng orada ya‘na boshqa xabarlar chiqdi karantin cho‘zilishi sababli o‘qishlar davom ettirilmasligi 1-iyuldan talabalar yozgi ta‘tilga chiqarilishi hamda bahorgi semestrning o‘tilmay qolgan qismi online tartibda yakunlanib natijalar masofaviy ta‘lim tizimi ya‘ni "moodle " dan foydalangan holda chiqarilishi, agar talaba o‘sha "moodle" ga kirib topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmasa kursdan kursga ko‘chirilmasligi haqidagi noo‘rin yoki boshqa tilda aytganda norasmiy xabarlar tarqaldi. Siz bu haqda "hali rasmiylar bir to‘xtamga kelgani yoq chunki barchasi karantin davriga bog‘liq" - deya aytgandingiz. Qizig‘i bu norasmiy xabarlar hali ham institutimizda hamma joyida aylanib yuribdi, deyarli hamma domlalar ushbu xabarni talabalarga rasm qilib telegram orqali jo‘natib, "meni fanimga kirmayabsan , topshiriqlarni bajarmayabsan, kursdan kursga qolib ketsang mendan hafa bo‘lma " degan mazmundagi xabarlarni jo‘natishyabdi. Mayli biz talabalar bundan bo‘yin tovlamaymiz lekin bitta savol o‘sha "moodle" tizimiga kirib barcha topshiriqlarni qo‘ldan kelgancha bajara olarmiz, lekin boshqa , ya‘ni imkoniyati yoq, yoki internet sifati past bo‘lgan hududlar bor u yerdagi talabalar qanday qilib bu topshiriqlari bajarishsin? Mayli ular bizdan yordam so‘rashar biz yordam berarmiz, lekin o‘sha "moodle" tizimiga bir vaqtning o‘zida 3000 ta talaba kirayotganligi sababli saytda qotib qolish, ya‘ni nagruska yuzaga kelayapti. Natijada ba‘zi vazifalar o‘z vaqtida bajarilmay qolayabdi. Bu yerda kim aybdor biz talabalarmi yoki institut ma‘muriyati? Yoki internetmi? Internet sifatiga keladigan bo‘lsak men mobil telefonimdan 4G internet aloqasidan foydalanaman va qotib qolish faqat o‘sha "moodle" tizimida yuz beradi. Menimcha bunga internetni aloqasi yoq. Shuning uchun bitta gap aytmoqchiman, menimcha O‘zbekiston hali online ta‘limga o‘tishga ancha erta tizimda qilindigan ishlar juda ham ko‘p. Savolimga qaytadigan bo‘lsak ( juda ham ko‘payib ketti😜) mana shu tarqalgan gaplarga ya‘na bir oydinlik kiritsangiz. Nima uchun hali ham norasmiy bo‘lgan xabarlar butun institutda o‘z kuchida ?Agar bu qonunan bo‘ladigan bo‘lsa imkoniyati bo‘lmagan va o‘sha "moodle" tizimiga kira olmagan yoki topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaraolmagan talabalar haqiqatdan ham kursdan kursga ko‘chirilmaydimi?
Oldindan rahmat meni shuuunncha uzun commentimni sabr bn o‘qib chiqib, munosib javob berganingiz uchun!!!
Savollarimizga qanday javob olsak buladi
Xushnud aka zoom orqalini qachonga rejalashtiryapsiz iltimos aniqroq kunini aytvorsez oldindan rahmat
Yigit
Assalomu aleykum, hurmatli Xushnudbek Xudoyberdiyev. Men sizga Mahalla institutini yanada rivojlantirishga oid o'z fikr va takliflarimni bildirmoqchiman. Yurtboshimiz tomonidan Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tuzildi va bu albatta quvonarli. Haqiqatdan ham davlatimizni rivojlantirishda Mahalla institutining roli beqiyos. Lekin ularni samarali ishlashi uchun ularga qulay sharoitlar yaratib berish zarur. Hozirgi kunda mahallalardagi vaziyat havas qilgudek emas. Chunki ko'plab Mahalla o'z binosiga ega emas, internet bilan ta'minlanmagan yo yaxshi emas, xizmat mashinasi bo'lmasa ular qanday samarali ishlashi mumkun. Ularning jamiyatdagi nufuzini oshirishimiz lozim. Ayniqsa, xizmat mashinalari qilib berish zarur. Chunki mahalla jamiyatning eng muhim bo'g'inidir. Xalqning dardini mahallachalik hech kim bilmiydi. Ular xalq ichida yuradi. Mahalla xalqning orzu istaklari maskani xalqning tarbiya o'chog'i bo'lishi lozim.
Ассалому алейкум. Сизга бот оркали хам мурожаат килса буладими. Манзилни берсангиз.