Eshitdimki, birodarimni ishdan bo‘shatishibdi, puldan tangchilik bo‘lib kirakashlik bilan ro‘zg‘or qilayotgan ekan. Aksiga olib, qizchasi ham kasallanib qolibdi. Yakshanba kuni òģlim Muhammad Sodiqni bilan uning ziyoratiga otlandik. Yo‘l yo‘lakay o‘g‘lim bilan suhbatlashib ketdik. Unga xozir cho‘ntagimda 50 Aqsh dollari borligini bu pulga unga kiyim olishimiz mumkinligini, biroq birodarimning qizi betobligi uchun bu harajat bizdanam ularga zarurligini aytdim. Tabiiyki, bu taklifga o‘g‘limam rozi bo‘ldi. Men unga voqealar rivojini jim kuzatishini ham ta'kidlagach honadonga qadam bosdik. Birodarim bilan uyoq-buyoqdan gaplashganday bòlib, O‘rikzor bozorida savdo qiladigan tanishidan onam uchun ro‘mol olib berishini so‘rab boyagi pulni qo‘liga tutdim. U xòp deb pulni olib qoldi. Uyga qaytarkanmiz Muhammad Sodiq mendan:
—Adajon, u pulni doriga bermochi edik, ammo siz buvijonimga ròmol olmoqchi bòlayapsiz. Nega unday qildingiz?, deb so‘radi.
—Oģlim, bu yerda bir muammo bor, unga pulni shunday berishimiz kerakki, u bu pulni olayotganidan hijolat bòlmasin, kòngli oģrimasin. Hozir telefon qilib u bilan gaplashaman, suhbatning davomini eshitsang, maqsadimni tushunub olasan—,dedimu birodarimga telefon qildim va unga onamga ròmol olish fikridan qaytdik, òrniga boshqa narsa oladigan bòldik, uning nimaligini singlim bilan maslahatlashib keyin aytvoraman. Ungacha pul òzingda turursin. Xohlasang ishlatsang ham mayli, qachon kerak bòlsa o'zim aytaman, deb aytib qòydim. U avval hayron qoldi, keyin rejamni tushunib qoldi shekili, endi meni eshit deb òz gapini boshladi:
—Dòstim, men ahmoq emasman, senga hech qanday ròmol kerak emas, bu pulni menga berishning yòlini qilding, Allohga qasamki, bu pulingni olmas edim, ammo hozir muhtojman, qizimni dòxtirga olib borgan edim, dorilar yozib berishdi, lekin uni olishga pulim yòq edi. Qizim uchun shu pulni olaman, faqa bir sharti bilan pulingni biror kun qaytarib beraman, rozimisan?
—Ha, roziman, faqat mening ham bir shartim bor, pulni òzim sòramagunimcha bermaysan.
—Roziman, lekin, dòstim, senga katta rahmat, boringga ming shukur, mushkulimni yengil qilding, deya duo qildi.
Muhammad Sodiq suhbatimizni indamay eshitib turar edi. Suhbat tugagach, òglimga nasihat qilib qòydim:
—Òģlim qachonki kimgadir yaxshilik qilmoqchi bòlsang, uning diligia ozor bermay, shunday yengil qilginki, u hatto buni bilmay qolsin. Amalning eng yaxshisi yashirin bòlganidir, òng qòling berganini, chap qòling bilmasin. Shunda bu ishni holis Alloh uchun qilgan bòlasan. Shunda atrofingdagilar seni qattiq hurmat qilishni boshlaydilar, atrofingda samimiy insonlar kòpayadi. Eng muhimi Alloh sendan rozi bòladi. Agar Alloh sendan rozi bòlsa hamma ishing besh bòladi. Jannatdagi uying ham tez bitadi deb gapimni tugatishim bilan u
—Adajon meni kechiring?, dedi.
—Nega unday deyapsan?
—Boya sizni notòģri ayblabman.
—O‘ģlim xato ish qilish xato emas, uni tòģrilamaslik, tan olmaslik, undan xulosa chiqarmaslik xato, sen hozir tòģri ish qilding, xatoyingni bilishing bilan uzr sòrading, bu haqiqiy erkaklarning ishi deb maqtab qòydim. Uni kòziga qaradim, xursandchilikdan porlardi.

15 comments

Show 5 more comments
Shunday insonlar safi kopaysin
Assalomu alaykum
Meni qadriyatlaringiz, Allohga bo'lgan sevgingiz lol qoldirgan. Farzandlarimizni har birimiz shunday tarbiyalasak dunyoda o'zbeklar 1 chi o'rinni egallashlari aniq.Ibratli darslaringiz uchun raxmat. Siz farzandlaringizni bolaliklaridan bunday tarbiya bersangiz, ishonamanki kelajakda ular eng ulug' martabalarga erishishadi. Kattakon raxmat.
Ma shaa Allah! Katta rahmat sizga hammaga ibrat bo'ladigan tarbiyangiz uchun
MashaAlloh
Alloh rozi bolsin ustoz
Ibrat boldi har birimizga
Inshaalloh
Órnak olsa arziydigan voqea,zór ustoz
MashaAllah koʻzimga yosh keldi
Oʻgʻlinggiz necha yoshdalar
Ajoyib, shunaqa ibratli voqealardan ko'proq ulashing!