😀 Qaysi hududdan "super final"chilar eng ko‘p?Xabaringiz bor, biz 2020-yildan buyon butun respublika miqyosida
onlayn olimpiadalar o‘tkazar edik. 2021-yildan
Toshkentda, 2023-yildan
Xorazmda va nihoyat 2025-yildan
Buxoro,
Samarqand,
Jizzax,
Sirdaryo,
Namangan,
Qashqadaryo va
Farg‘ona viloyatlarida oflayn olimpiadalarimizni yo‘lga qo‘ydik.
😀 Nasib qilsa geografiyamiz kengaymoqda: Bu safardan Qorqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida ham olimpiadamiz o‘tkaziladi.O‘tgan olimpiadalarga ko‘ra hududlardan
"SUPER FINAL" yo‘llanmasini olgan o‘quvchilar soni bo‘yicha infogafikani havola etamiz. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bu safar
Xorazm va Toshkent shahar o‘quvchilari yaqqol yetakchilik qilmoqda.
Buxoro, Jizzax, Samarqand va
Fargʻona viloyatlaridan ham “super final”chi oʻquvchilar borligi quvonarli.
Ertangi olimpiadalarda ham barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!👍 Keyingi olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda:
➡️ t.me/khiso/4847