Pedagoglar uzoq kutayotgan qonun imzolandiShavkat Mirziyoyev bugun, 1-fevral kuni “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunni
imzoladi.
Qonun bilan
pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
❌ Jumladan, quyidagilar
taqiqlanadi:➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan
hududlarni obodonlashtirishga va
qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
➖ pedagogdan uning kasbiy
majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz
tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.➡️ @bazarbaevs