Farengeyt Press nashriyotining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan biri - ilmiy ommabop adabiyotlar, qo‘llanmalar, qo‘shimcha adabiyotlar nashr qilish va ularni ommalashtirish orqali bolalar va o‘smirlarning sifatli ta’lim olishlariga hissa qo‘shish. Shu maqsadda nashriyot xususiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda. Hamkorlik doirasida nashriyot bosh muharriri Xurshid Yo‘ldoshev va pedagog Komil Jalilov 16-oktyabr kuni Toshkentdagi
"Leader" nodavlat taʼlim muassasasida nashriyot tomonidan yaqinda nashr etilgan “Argument: asoslash va bahs mahorati” hamda “Kitobni qanday o‘qish kerak”
kitoblari asosida mazkur maktabning yuqori sinf o'quvchilari uchun master-klass tashkil etmoqdalar.
Bu kitoblar o‘quvchilarga matnni tushunish, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash, o‘z fikrini asosli yetkazish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilish bilan birga, ularning matnni tushunish va argumentli esse yozish ko‘nikmalari tekshiriladigan milliy sertifikat, IELTS, SAT singari imtihonlarga tayyorlanishlariga ham yordam beradi.