2026-yil, O‘zbekiston gender tengligi bo‘yicha dunyoda 110-o‘rinda. Nega 110-o‘rindamiz?

Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarimiz orasida Qirg‘iziston 88-, Qozog‘iston esa 95-o‘rinda.
Qiziq tomoni, dunyoning eng rivojlangan iqtisodiyotlaridan biri bo‘lgan Yaponiya ham atigi 117-o‘rinda.
Demak, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlat bo‘lishning o‘zi ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyat yaratilganini anglatmaydi.
Bu reyting aslida nimani o‘lchaydi?
Global Gender Gap Index ayol va erkaklar o‘rtasidagi farqni to‘rtta asosiy yo‘nalishda baholaydi:
— iqtisodiy faollik va imkoniyatlar;
— ta’lim;
— sog‘liq;
— siyosiy ishtirok va qaror qabul qilish.
Dunyo miqyosida ta’limdagi gender tafovutining 96,2 foizi yopilgan. Ammo iqtisodiy faollik va imkoniyatlarda bu ko‘rsatkich hali 61,7 foiz, siyosiy ishtirokda esa atigi 22,1 foiz.
Ya’ni bugungi asosiy muammo ayollar ta’lim olyaptimi yoki yo‘qmi degan savoldan asta-sekin boshqa savolga o‘tmoqda:
Ta’lim olgan ayollar o‘z bilim va salohiyatini iqtisodiyotda, biznesda va davlat boshqaruvida to‘liq ishlata olyaptimi?
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunlar va davlat dasturlari bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Ba’zilar: “Erkaklar ishlab, rahbarlik qilib, qaror qabul qilaversa nimasi yomon?” deb o‘ylashi mumkin.
Lekin bu yerda masala ayol yoki erkakning kimdan ustun ekanligida emas.
Masala — mamlakat o‘zidagi barcha iste’dod va inson kapitalidan foydalana olyaptimi yoki yo‘qmi?
Tasavvur qiling: mamlakatda bilimli, mehnatkash va katta salohiyatga ega insonlar bor, lekin ularning bir qismi jinsi sababli mehnat bozoriga kirishda, yuqori lavozimlarga chiqishda yoki muhim qarorlarni qabul qilishda yetarli imkoniyatga ega emas.
Bunday vaziyatda faqat o‘sha inson emas — iqtisodiyotning o‘zi ham imkoniyat yo‘qotadi.
Shuning uchun gender tengligi faqat ayollar masalasi hisoblanmaydi.
Bu iqtisodiyot, inson kapitali va mamlakatning raqobatbardoshligi masalasi.
Buni oddiy oilada ham tasavvur qilish mumkin.
Oiladagi muhim qarorlarni faqat bir kishi qabul qilishi bilan, ota va ona bir-birini eshitib, o‘z tajribasi va fikrini qo‘shib qaror qabul qilishi yanada yaxshi natija olib keladi.
Davlat va iqtisodiyot miqyosida ham prinsip o‘xshash: qaror qabul qilishda jamiyatning turli qismlari qatnashsa, ko‘proq tajriba, bilim va nuqtai nazardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shuning uchun O‘zbekiston uchun asosiy maqsad shunchaki 110-o‘rindan 100-, 80- yoki 50-o‘ringa ko‘tarilish emas.
U bizga mamlakat qayerda o‘z inson kapitalidan yetarlicha foydalana olmayotganini ko‘rsatadi.
Haqiqiy maqsad esa ayol yoki erkakligidan qat’i nazar, qobiliyatli insonning bilim, mehnat va salohiyatini jamiyat rivoji uchun to‘liq ishlata oladigan tizim yaratishdir.

https://reports.weforum.org/docs/WEF_GGGR_Report_2026.pdf

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment