Yaponiyada Viza va Yashash Ruxsatnomasi (Zairyu) To‘lovlari Oshiriladi!

Yaponiyada yashayotgan yoki kelishni rejalashtirayotgan vatandoshlar diqqatiga! Yaponiya hukumati 2026-moliya yilidan (2026-yil aprelidan) viza va yashash hujjatlarini rasmiylashtirish to‘lovlarini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.
Aniq qaror Yanvar yoki Fevral oyida bo'lib o'tadigan yillik budjet taqsimoti deputatlar yig'lishi vaqtida aniq bo'ladi.

Ushbu o‘zgarishlar 1978-yildan beri birinchi marta amalga oshirilmoqda. Maqsad — viza tekshiruvlarini kuchaytirish va xizmat sifatini G7 davlatlari darajasiga ko‘tarishdir.
Kutilayotgan yangi narxlar (taxminan):
🔹 Viza (O'zbekistondan viza oladganlarga ta'sir qiladimi hali aniq emas. Ayni vaqtda O'zbekistondan bir martalik qisqa muddatli viza olish tekin):
Bir martalik (Single) viza: ~3,000 iyendan → ~15,000 iyengacha.
Ko‘p martalik (Multi) viza: ~6,000 iyendan → ~30,000 iyengacha.
🔹 Yaponiya ichida (Nyukan to‘lovlari):
Vizani uzaytirish (Koshin) yoki o‘zgartirish (Henko): 6,000 iyendan → 30,000 - 40,000 iyen atrofida.
Doimiy yashash (Eijyu) ruxsati: 10,000 iyendan → 100,000 iyendan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Nima uchun oshirilmoqda?
Yaponiya hukumati ushbu mablag‘lar hisobidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va immigratsiya tizimini raqamlashtirishni (tezlashtirishni) rejalashtirgan.

Eslatma: Ushbu o‘zgarishlar 2026-yilning aprelidan kuchga kirishi kutilmoqda. Agar vizangizni uzaytirish yoki hujjat topshirish muddati o‘sha vaqtga yaqin bo‘lsa, ushbu xarajatlarni oldindan hisobga olishingizni maslahat beramiz.

Ayni vaqtda ishchi vizasi qiladigan holatda ish beruvchi viza to'lovlarini to'lashi odatiy holat edi. Bundan keyin siz ishga kiradigan kompaniya bilan ham oldidan kim xatajatlarni qoplaydi aniqlashtirib oling.
Mening shaxsiy fikrimcha Yapon kompaniyalari xarajatni qoplashni bo'yniga olishadi. Bir tomondan bu biz chet elliklar uchun o'zimini ko'rsatish, aslida oddiy ishchi emas, Yapon kompaniyasi chet ellikni ishga olganidan katta foyda ko'rishini isbotlash uchun imkoniyat deb o'ylayman.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment