Endi yurtimiz oʻquvchilar koʻplab xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin. 8-14 aprel kunlari
Turkiyalik ustozim Hakan Özmen bilan birgalikda Dubayda xalqaro olimpiadalar ta’sischilari kengashida qatnashdik. Koʻplab olimpiadalar ichidan eng sifatli va savollar saviyasi yuqori boʻlganlari bilan kelishuvlarga erishdik. Ushbu olimpiadalardan eng yaxshilaridan biri
COPERNICUS olimpiadasining saralash bosqichi
18-may kuni respublikamizning
12 ta hududida bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi.
4-may kuni esa xuddi shu hududlarda
#khiso_olimpiadasi oʻtkaziladi va unda aynan
COPERNICUS olimpiadasining
DUBAI GLOBAL RAUND finalida berilgan savollardan foydalanadi. Hammaga ishtirok etishni tavsiya qilaman
📌 Ushbu xalqaro olimpiadaning
final bosqichi
26-31 iyul kunlari
AQShning
Nyu-York shahrida joylashgan
Kolumbiya universitetida bo‘lib o‘tadi.
Final bosqichida dunyoning
54 dan ortiq mamlakatlaridan saralangan o‘quvchilar ishtirok etadi. Olimpiadada
3-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qatnashish imkoniyatiga ega, ammo istisno tarzida bu yil
O‘zbekistonlik 1–2-sinf o‘quvchilari uchun ham qatnashish imkoniyati berildi.
⚡️ Ushbu olimpiada — xalqaro darajada o‘zingizni sinab ko‘rish uchun katta imkoniyat! Shunday ekan, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!‼️ Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!ℹ️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-qo‘llanma
➡️ ushbu ➡️ postda berilgan.