Yong'oq qurti o'zi sig'adigan teshik ochib, yong'oqni ichiga kirib mag'zini yeydi. Yegan sari to'yib semiradi. Yong'oq ichida hech nima qolmagach, tashqariga chiqishga harakat qiladi. Tabiiyki, chiqa olmaydi. Chunki teshik kichkina u esa semirib ketgan. Eng yomoni esa yong'oq oftobda qurib yanada kichraya boshlaydi. Teshikni esa kengaytirish imkoni qolmaydi. Birgina chora ochlik va ozish. U majburlikdan ozib eski zaif holiga keladi va qaytib tashqariga chiqadi.
Chiqqanda esa mavsum tugagan. Qurigan yong'oqlardan boshqa hech narsa qolmagan bo'ladi. Ba'zilar ham xuddi shunday yashaydi. Tafakkur qiling!