Yaponiyada yashagan 15 yil davomida har kuni foydalanadigan va hozirgacha foydalanib kelayotgan bir nechta ilovalarim bor.
Ular shunchaki qulay ilovalar emas, balki vaqtni tejash, ma’lumot topish va ish unumdorligini oshirishga yordam beradigan vositalardir. Shuning uchun sizlar bilan ham baham ko'rishni afzal deb bildim.
🚆 Yahoo!乗換案内
Tokioda transport hayotning ajralmas qismi. Poyezd va metro yo‘nalishlarini topish, eng qulay marshrutni tanlash va yetib borish vaqtini oldindan bilish imkonini beradi. Tokio kabi katta shaharda bu ilova menga har kuni vaqt tejashga yordam bergan.Google ham bo'ladiku deyishlaringiz mumkin. Lekin bu ilova Kanjini o'qishni biladiganlar uchun qulay.
🖨 セブンプリント
Shoshilinch hujjat chiqarish kerak bo‘lganda eng ko‘p foydalangan xizmatlarimdan biri. Wi-Fi bo‘lmasa ham fayl yuborib chop etish mumkin. Seven-Eleven do‘konlarining ko‘pligi tufayli istalgan joyda foydalanish juda qulay edi. Har xil loyihalar va ofis olishga ulgurmagan kishi uchun suv va havodek kerak bo'ladi.
📄 Adobe Scan
Telefon orqali hujjatni suratga olib, avtomatik ravishda PDF formatiga aylantiradi. Hujjatlarni saqlash va ulashish juda oson. Ayniqsa o‘z ofisim bo‘lmagan davrlarda men uchun eng foydali ilovalardan biri bo‘lgan.
💼 Eight 名刺
Elektron vizitka boshqarish ilovasi. Uchrashuvlarda olingan vizitkalarni saqlash, qidirish va kerak bo‘lganda tez topish imkonini beradi. Networking va biznes aloqalarni boshqarishda katta yordam bergan. Katta kompaniyada ishlab yurgan vaqtingiz bilinmaydi. Lekin ishdan ketish vaqti hamma narsani topshirasiz sizdagi bir necha yillik biznes kartalar ham yo'qolib qolishini xohlamasangiz bu ilova aynan siz uchun. O'zbekistonda ham bemalol ishlaydi.
📞 Mobile VoIP
SIM-kartasiz turib ham dunyoning turli mamlakatlariga qo‘ng‘iroq qilish imkonini beradigan xizmat. Pullik bo‘lsa ham, xorijiy safarlar paytida juda foydali bo‘lgan. Uning zamonaviy ko'rinishi bu
🌍 Saily e-sim service.
Hozirda xorijga chiqqanimda asosan Saily E-SIM xizmatidan foydalanaman. Aeroportga tushishingiz bilan internetga ulanishingiz mumkin. Safar paytida mahalliy SIM izlab yurishga hojat qolmaydi.
💸 Wise
Xalqaro pul o‘tkazmalari uchun eng ko‘p foydalangan xizmatlarimdan biri. Mablag‘larni tez yuborish va qabul qilish imkonini beradi, komissiya xarajatlari ham nisbatan past. Nafaqat Yaponiyadan O'zbekistonga. Butun dunyo bo'ylab pul o'tkazishda yoki qabul qilishda juda qulay.
📰 日本経済新聞(Nikkei)
Yaponiya iqtisodiyoti, biznes va texnologiya yangiliklarini kuzatish uchun har kuni o‘qiyman. Yaponiya iqtisodiy dunyosida nima sodir bo‘layotganini tushunish uchun eng muhim manbalardan biri.
🌍 BBC
Dunyo voqealarini xalqaro nuqtai nazardan kuzatish uchun foydalanardim. Turli mamlakatlar haqidagi yangiliklarni tez va professional tarzda yoritadi. Amerikaning NBC, CNN lar ham bor. Lekin Amerika kanallarida subektiv fikrlar kuchli bo'ladi. Shuning uchun BBC nisbatan neytralroq.
📰 Vesti.ruRossiya va MDH hududidagi voqealarni kuzatish uchun foydalanardim. Turli manbalarni solishtirib o‘qish odatimning bir qismi bo‘lgan.
🇯🇵 Yahoo! Japan
Bugun Yaponiyada eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzularni bilish uchun eng tezkor manbalardan biri. Yapon jamiyatidagi kayfiyat va trendlarni tushunishga yordam beradi.
Men har doim bir xil voqeani bir nechta manbadan o‘qishga harakat qilganman.
Sababi oddiy:
Axborotga ega bo‘lmagan odam qaror qabul qila olmaydi. Bir tomonlama axborot oladigan odam esa noto‘g‘ri qaror qabul qilishi mumkin.
Texnologiya va ilovalar faqat vosita.
Ammo to‘g‘ri vositalardan foydalanadigan inson bilan foydalanmaydigan insonning natijalari vaqt o‘tishi bilan katta farq qiladi.
Yaponiyada o‘rgangan muhim saboqlarimdan biri shuki:
Natijani ko‘pincha qobiliyat emas, balki to‘g‘ri tizim va kundalik odatlar belgilaydi.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook