Kim 10 marta oʻtirib tursa mana bu iphone telefonni beraman desam hamma oʻtirib tura oladi. Kimga berishim kerak?
Lekin yoniga endi kim 100 marta “otjimaniya” qiladi deb qoʻshimcha qilsam nari borsa 1-2 odam eplashi mumkin.
Bu oddiy hayotiy misol edi.
Endi savollar qiyin deb e’tiroz bildiradigan ota-onalarga: Farzandingizning hozirgi xursandchiligi va natijaga yengil erishi muhimmi yoki hali bilmagan narsam koʻp ekan, oʻqib oʻrganaman deb murakkab masalalarga moslashib borishi muhimmi?
Oʻquvchilarimga ham aytardim: 10 ta sen bilgan savolni uyga vazifa bersam foydalimi yoki kamida 5 ta senga notanish vazifa bersammi? Ertasiga mendan 5 ta yangi bilim olasan.
Assalomu alaykum qiyin misollar masalalar bo'lgani yaxshi chunki bilmagan misol masalalarimizni you tobe dagigi kanallaring orqali ko'rib o'rganib olamiz. Ishlaringizga omad. Alloh oʻzi rivoj bersin.
Kechagi olimpiada serifikatlarida sinf va olimpiada nomi bilan bog'liq kamchilik bor. E'tiborga olasizlar, degan umiddamiz. Ishlaringizga yanada rivoj!
Bolalarga mexr va motivatsiya berishdan to'xtamaylik.Chunki yangi zamon bolalari siz va bizdan kura ancha aqlli. Ular yangi malumotga uta qizuquvchan buladi.