Assalomu alaykum qadrli kimyo ixlosmandlari!

📌350 dan ortiq kishi 1-bosqich qayta o‘tkazilsin deb ovoz berishdi. Endi biz uni qayta o‘tkazamiz! Faqat bu gal ishtirokchilar sertifikat olisholmaydi. Chunki Google docs orqali o‘tkazamiz va bu platformada hammaga sertifikat berib, baholarni avtomatik tekshirish imkoniyati yo‘q. Ammo kayfiyatni tushirmang😊, qayta o‘tkazilayotgan 1-bosqichda yaxshi natija ko‘rsatganlar ham 2-bosqichda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi!

moziy.edu.uz saytida o‘tkazilgan YKO olimpiadasida qatnashib 2-bosqichga yo‘l olganlar (ro‘yhatni kanalda e'lon qilganmiz) bu safar ishtirok etishlari shart emas, ular allaqachon 2-bosqichga tayyorgarlikni boshlasalar ham bo‘ladi.

📅Qayta o‘tkazilayotgan olimpiadani ovoz berish orqali ko‘pchilikka mos keladigan vaqtga belgilamoqchimiz. Bir necha vaqtni belgilasangiz bo‘ladi. Iltimos, quyidagi so‘rovnomalarga ovoz berib olimpiada vaqtini belgilashda ishtirok eting.

📊 Ovoz berish muddati: 15.12.2020 kuni soat 23:59 gacha

⚡️Ushbu xabarni do‘stlaringizga baham ko‘ring va ularning ham qatnashishiga sababchi bo‘ling!

Kanalga ulanish

Comments

Be the first to add a comment