“Nahl” surasidagi hayratli matematik hisoblar... Qur'onning 16- surasi “Nahl” bo‘lib, u 128ta oyatdan tashkil topgan. Bu sura singdirilgan ayrim mo‘'jizakor sonlar xususida so‘z: 1. Erkak arilarda xromosoma miqdori 16ta ekan, ajabo, Qur'ondagi ari ma'nosini anglatuvchi sura ham 16- raqam ostida kelgan. 2. Butun Qur'onda Nahl- ari so‘zi bir martagina eslatiladi. Bu o‘sha suraning 68- oyatida. Oyatdagi so‘zlar miqdori 13ta. Agar biz oyat va so‘zlar miqdorini ko‘paytirsak, 884 kelib chiqadi(68*13=884) Suraning boshlanishidan to 68- oyatdagi Nahl so‘zigacha 884ta so‘z kelganiga nima deysiz!!! Ajabo! 3. Qur'onda 16- oyati bor suralar soni 85ta ekan, ulardagi jami so‘zlar miqdori esa 884ga tengligi tasodif emasdir... 4. 68- oyati bor suralarning umumiy miqdori 13ta ekan, bu sonlarning ko‘paytmasi ham 884ga teng bo‘ladi(13*68=884) 5. Sura raqami 16, buni bir barobardan oshirib borib 128ni hosil qilishimiz mumkin: 16,32, 48,...80,96,112,128...Ushbu oyatlarda ishlatilgan (ya'ni har 16- oyatda) so‘zlar miqdori esa 119ga teng. Nahl so‘zining abjad hisobi 119ga teng 6. 5- punktdagi son(119) e'tiboringizda tursin! Qur'onning birinchi porasidan har 16talikda raqamlangan suralar miqdori to “Nahl”ning 128- oyatigacha 119tani tashkil etar ekan. 7. 2chi va 6- punktlardan foydalangan holda ba'zi kombinatsiyalarni ko‘rib chiqsak: Demak, 16- oyati bor suralar soni 85ta, 16 va 85ning ko‘paytmasi 1360 (16*85=1360) Yuqoridagi oyatlarning so‘z miqdorini 884 deb olgandik, 884ga 1360ni qo‘shsak, 2244 hosil bo‘ladi. “Nahl” surasidagi jamiki so‘zlar 1844ta, biz bunga sura raqami(16)ni qo‘shsak, 1860 hosil bo‘ladi. 1860ni tepada keltirib chiqargan 2244ga qo‘shsak, 4104 paydo bo‘ladi. Xo‘sh, bu raqam nimani anglatadi? A variant: 4104=19*216 Bilamizki, 216= 6*6*6 arilarning uyasi 6 burchakli katakchalardan iborat, 6 shunga ishoradir... B variant: “Nahl” so‘zi ishlatilgan butun Qur'onimizdagi 68- oyatning abjad raqam hisobi esa 4104ga teng ekan... Xullas, shunaqa gaplar...