Jurabek Work Skill Tips
Yaponiyada birinchi konbini (24 soatlik do'kon) ga ish kunlarimda qilgan xatom.
Menejer menga ishni tushuntiryapti.
Men esa jiddiy odam bo‘lib, jim o‘tirib eshitayapman.
Ichimda:
“Zo‘r, hammasi tushunarli.”
Birdan u so‘radi:
“Wakarimashita ka?” (Tushundingizmi?)
Ichimda:
“Ha, tushundim-ku… nimaga yana so‘rayapti?”
Lekin men baribir jim.
Yana bir oz o‘tdi.
Yana shu savol:
“Wakarimashita ka?”
Shu yerda ichimda boshlandi:
“Bu odam har 2 daqiqada test qiladimi meni?”
Lekin keyin tushundim.
Muammo unda emas.
Muammo menda edi.
Yaponiyada jim o‘tirish =
“Tushunmadim” degan signal.
Ko‘pchilik yangi kelganlar shu xatoni qiladi:
Rahbar gapiradi.
Xodim jim.
Rahbar ichida: “Bu tushundimi o‘zi?”
Va u qayta-qayta so‘raydi.
Yaponiyada “eshitdim”ni ko‘rsatish shart.
Masalan:
— boshni qimirlatish
— “Hai” deyish
— “So desu ne…” deb javob berish
Bu “rozi bo‘ldim” degani emas.
Bu — “Men eshityapman, davom eting” degan signal.
Yana muhim nuqta:
Tushungan bo‘lsangiz ham, tekshirib ko‘ring.
— “Demak, shunday qilsam bo‘ladimi?”
— asosiy narsani yozib qo‘ying
— “Qachongacha, qanday shaklda tayyor bo‘lishi kerak?” deb aniqlashtiring
Oddiy ko‘rinadi.
Lekin shu kichik odat sizni:
ishonchli odamga aylantiradi.
Va oxiri bitta haqiqat:
Yaxshi xodim — hamma narsani tushungan odam emas.
Tushunmagan joyini aniqlashtiradigan odam.
Sizda ham shunaqa vaziyat bo‘lganmi?
Yoki hali oldinda?
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook