Siz ishlayotgan yoki o'qiyotgan joyning P&L haqida qiziqgansizmi?
P&L degan Profit and Loss. Ya'ni necha pul foyda, necha pul zarar, qayerdan, nimani evaziga pul kiradi va qayerga nima uchun, qancha to'lanadi.

Aslida bu juda ko'pchilik shu jumladan men ham mana shu ma'lumotga qiziqmagan yoki chuqur o'ylamagan vaqtlarim bo'lgan. Lekin P&L ga qiziqgan kishi, o'zi bilmagan holda tadbirkorlik haqida, jamoani boshqarish haqida o'ylashni boshlaydi. Bugun o'zingiz ishlayotgan, yoki o'qiyotgan joyning daromadlari va xarajatlari qanday bo'lyapti, sizning bir oylik oyligingiz chiqishi uchun siz qanday foyda olib kelishingiz kerak? Shuni bilgan kishining ishdagi o'zini tutishi yer bilan osmoncha o'zgaradi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment