“Hokim olimpiadasi”ning navbatdagi kashfiyotlari!

2-12 dekabr kunlari Ruminiya davlatida 21-xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO) o‘tkazildi. Unda 52 davlatdan 303 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Quvonarlisi, 3 nafar hamyurtimiz bronza medallarni qo‘lga kiritishdi. Shulardan 2 nafari "Hokim olimpiadasi" kashfiyotlari hisoblangan oʻquvchilardir:

🥉 Bronza medal -  Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 Bronza medal - Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 Bronza medal - Mustafoyev Jasur Umidovich - Navoiy viloyati, Navoiy shahar   11-sonli AFChO‘IM   9-sinf o‘quvchisi;

🌟 Eslatib oʻtamiz, "Hokim olimpiadasi" - Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

Olimpiadalar haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanish ➡️ @khiso

6 comments

Jumaniyozova Mahliyo Qahramonovna
Assalomu aleykum. Haqiqatda bu natija hokim olimpiadasining natijasi. Bonu har doim kimyodan 1,2-õrinlarni olgan va bundan juda katta mativatsiya olgan.Hurmatli Sardor Bozarboyev sizga katta rahmat aytamiz va bu natija bilan sizni ham tabriklayman.
Jumaniyozova Mahliyo Qahramonovna
Katta rahmat
Gʻayrat Boyjonov
Assalomu alaykum tabriklayman yutuqlar bilan.Bizlarni farzandlarimizga ham nasib qilsin.
Абдуллаев Темур
Хоразм фарзандиман даб Ортик Отажонов дугри ойтгон хаммага омад
Assalom tabrikliman man Muslimaman Bonu apka hammangizni tabrikliman bardavom bòlsin bizaram nasib qilsin