💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢

Ayrim malumotlar

BARG :


BARG - òsimlikning suv buĝlativchi , nafas oluvchi , fotosintez qiluvchi asosiy vegetativ organi .

Barg 2 qismdan :
1. Barg yaproĝi
2. Barg bandi dan iborat.

Ayrim òsimlikkar barg bandining pastki qismda Yonbargchalar mavjud

Bandiga kòra :

1. Bandli bargli òsimliklar ( ikki uruĝpallalilar )

2. Bansiz bargli òsimlikkar ( bir uruĝpallali òsimliklar )

Bargdagi tomirlar asosan 2 ta vazifani :

1. Bargni tarangligini
2. Bargda moddalar xarakatini
taminlaydi

Tomirlanishiga kòra :

1. Patsimon , panjasimon (ikki uruĝpallalilarda )

2. Parallel , yoysimon ( bir uruĝpallalilarda )

ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR :

Barg bandida bitta barg joylashsa - ODDIY BARG ( OLMA , NOK , ÒRIK , SHAFTOLI , TUT , TOK , YANTOQ , ĜÒZA , ROVOCH )

Barg bandida bir nechta barg joylashsa - MURAKKAB BARG ( SOXTA KASHTAN , YONĜOQ , NA'MATAK , SHIRINMIYA , BEDA , QULUPNAY , LOVIYA , NÒXAT , YERYONĜOQ )

ODDIY BARGLAR :
1. Patsimon
2. Panjasimon
3. Uch bòlakli

MURAKKAB BARGLAR :
1. Toq patsimon
2. Juft patsimon
3. Panjasimon
4. Uch bargchali

Uch bargchali murakkab bargli òsimliklar - ( SEBARGA , BEDA , LOVIYA , MOSH )

Juft patsimon - (YERYONĜOQ )
Toq patsimon - (SHIRINMIYA , YONĜOQ)

Toq bargchalar òrnida gajaklar paydo bòlgan òsimliklar - ( NÒXAT , BURCHOQ )

Ikki yoki uch karra bòlingan patsimon bargli òsimliklar - ( TOTIM , SHOYI AKATSIYA )

Qipiqsimon bargli -( SAKSOVUL VA QANDIM)

Barglari yirik 50 70 hatto 1 - m gacha boradigon ( ROVOCH , OJUD , KOVRAK ) kabi òsimliklar mavjud .

NOVDADA BARGLAR JOYLASHISHI :

1. Ketma ket - ( OLMA , ÒRIK , DÒLANA , TERAK , TUT , TOK , ATIRGUL , OQQURAY , ĜO'ZA , POMIDOR )

2. Qarama qarshi - ( RAYHON , YALPIZ , CHINNIGUL , LIGUSTURUM , DALACHOY , KIYIKOT , MAVRAK , GAZANDA , KAMPIRCHOPON )

Halqa hosil qilib - ( SAMBITGUL , QIRBÒĜIM , QUMRIÒT )

Yoruĝlikka bòlgan munosabatiga kòra :
1. Yoruĝsevar - ( KUNGABOQAR , KARTOSHKA , POMIDOR , ĜÒZA , YANTOQ )

2. Soyasevar - ( XINA , BINAFSHA , YOVVOYI QULUPNAY )

Novdada barglar qanchalik kòp va qalin bòlmasin , ular xamma vaqt quyosh nuri bevosita tushib turadigon xolatda quyoshga ògrilib turadi ...
BARGLARNING ICHKI TUZILISHI :


Barg
1. Ustki va ostki pòst ( loviyasimon juft hujayralar - gazlar kirishini taminlaydi )

2. Barg eti xujayralaridan
iborat bòladi

Barg eti hujayralari :
a) ustunsimon
b) yumaloq
c) ovalsion
d) elaksimon nay , tolalar , ksilema naylar
dan iborat bòladi.


FOTOSINTEZ :

Fotosintez jarayonini birinchi bòlib Timiryazov ( Quyosh , hayot ,xlorofil kitobida kòrsatib berdi ) .

Fotosintezda C0 2 + H20 = C6H12O6 hosil bòladi ya'ni glukoza

Fotosintezda suv ildiz irqali Bargning suv ĝamlovchi tòqimasiga yetib keladi va havodan CO2 kiradi va xlorofil ishtirokida moddalar qòshilib glukozani xosil qiladi .

Òzbekistonda katta maydonlarga ekiladigon òsimlik - ĜÒZA chunki yoruĝlikni kòp talab qiladi.

ÒSIMLIKLARNING NAFAS OLISHI :

Barcha organizmlar nafas olganidek òsimliklar ham nafas oladi . Ushbu jarayon fotosintezdan farq qilib :
1. O2 yutilib , CO2 ajralib chiqadi.
2. Yoruĝlik shart emas , kecha kunduz amalga oshadi
3. Organik moddalar parchalanadi.

ÒSIMLIKLARNING SUV BUĜLATISHI :

Òsimlik suv buĝlatishidan maqsad :
1. Òsimlikni qizib ketishdan saqlaydi
2. Sòrish hajmini kengaytiradi.

Suv buĝlatish barg oĝizchalari orqali amalga oshiriladi .

Òsimliklarda suv buĝlatishga nisbatan turli moslanishlar paydo bòlgan :
1. KAKTUSda barg tikonga aylangan
2. SHUVOQ , QORA BOYALISH ( Yoz oylarida bargini tòkib yuboradi .

GÒZA - òz vaznidan 500 - 600 hissa kòp suv buĝlatadi .
MAKKAJÒXORI - 200 L
SHIRINMIYA ( QIZILMIYA ) - 500 - 600 L

Ildiz bachkisi orqali kòpayadigon òsimliklar - QORAQAT , TERAK , NAMATAK , OLVOLI , SHIRINMIYA , YANTOQ

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof

Comments

Be the first to add a comment