This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning 3-turida salkam 1000 nafar oʻquvchi ishtirok etdi!

Ikkinchi mavsum o‘tkazilayotgan
olimpiadaning uchinchi turi 17-may kuni Yangibozor tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va biologiya (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 884 nafar iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi. Bu koʻrsatkich mutloq rekord hisoblanadi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

Keyingi tur 7-iyun kuni Bogʻot tumanida matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔜 Keyingi olimpiada uchun roʻyxatdan oʻtish havolasi yaqin orada kanalimizda e’lon qilinadi. Kanalga a’zo boʻlish: ➡️ @bazarbaevs

2 comments

Сизларга куч-қувват чарчаманглар
Informatikadan nima bo'yicha o'quvchilarni tayyorlaylik . Dasturlash yoki test