​​Хотин-қизлар учун бериладиган тавсияномани дастурга киритиш шарт эмас!

ДТМ хабар беришича, Давлат комиссиясининг 1-сон баёни билан 2020-2021-ўқув йили учун хотин-қизларга ажратилган тўрт фоизли қўшимча давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичларининг ҳудудлар кесимидаги тақсимоти тасдиқланган.

Унга кўра, хотин-қизлар учун олий таълим муассасалари бакалавриатининг кундузги таълим шаклига қўшимча давлат гранти асосида ҳудудлар кесимида жами 940 та квота ажартилган.

Шунингдек, мазкур баён билан Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги томонидан 2020-йил 15-июлга қадар тегишли тавсияномаларни хотин-қизларга бериш ва 20-июлга қадар тавсиянома берилган талабгорларнинг якуний рўйхати Давлат тест марказига тақдим этилиши белгиланган.

Яъни, тавсияномага эга хотин-қизлар ҳақидаги маълумотлар Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги томонидан Давлат тест марказига тақдим этилади ва мазкур маълумотлар асосида абитуриентларга имтиёз қўлланилади.

Шунинг учун, бундай тавсияномага эга абитуриентлар онлайн рўйхатдан ўтишда тавсиянома маълумотларини дастурга киритмайди.

Давлат тест марказининг эслатиб ўтишича, хотин-қизлар учун қўшимча квота фақат кундузги таълим шакли учун ажратилган бўлиб, сиртқи ва кечки таълим шакллари учун татбиқ этилмайди.

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈

110 comments

Show 100 more comments
Agar siz katraktga kirsez tafsiyanoma bn grantga krasz. Agar sizi kantraktga kirishiz un uzog'i bilan 7.56 ball yetmagan bosa kantraktga kirasz. Agar umuman 7.56 balldan kop masalan 8 yoki 10 ball yetmasa kantraktga kirishizga, siz kengi yilga qolasiz. O'qishga shu sertifikat bilan 3 yilgacha topshirolasz. Keyin o'z kuchini yo'qotadi.
𝘈𝘻𝘪𝘻 𝘐𝘮𝘰𝘮𝘰𝘷
Men Sadiyeva Saodat mahalla va oilani qo'llab quvvatlashga kvota bo'yicha ariza berdim. O'sha paytlarda kerakligi hujjatlar bor deyildi. Javob 15-iyul chiqadi deb hujjatlarni ikki marta tekshirdilar, lekin javob chiqqan kun javobini bilishga telefon qilsam, siz mezonga to'g'ri kelmadingiz dedilar. Sababini so'rasam ikki xil hujjat berilishi kerak edi ham kam taminlangan, ham ota-onasi yo'q degan deyishdi. Menga hujjat paytida hujjatlaringiz to'g'ri deyilgandi desam, fuqorolik burchingiz xohlagan joyga ayting deyildi. Lekin qarorni o'qigan paytimda bandda ko'rsatilgan bir sabab deyilgandi. Sizdan yordam so'rab murojat qilyapman. Javobingiz va e'tiboringiz uchun rahmat.
Ассалому алекум манга махалладан далолатноома беришганди у нарса утмидидэ тугрими факкат хокимият берадими тавсияномант
Саидова Шахло
Assalomu aleykum men xotin-qizlarga ajratilgan 4 foizli davlat grantini olgandim lekin bu grant faqat kunduzgi ta'lim shakli uchun deyilyapti. Axir bu grant kam taminlangan, oilaviy axvoli og'ir, yoki yolgiz onalar, boquvchisini yuqotgan xayotda qiynalgan xotin-qizlar uchun bulsa xammasiyam kunduzgi ta'limda uqiyolmaydiku. Uzimdan misol yolgiz onaman ishlayman necha yildan buyon uqishga kirolmayapman. Endi grantni olganimda sirtqi uqishga utmaydi deyishyapti. Men ishlamay 4 til uqisam bolamni kim boqadi. Uqishniyam uzi bulmaydi axir. Yotoq joy, eb- ichish va boshqa qancha xarajatlar bor. Farzandim xam xademay maktabni bitiradi xali uy-joyim yuq. Ota-onamni uyida 4 xo'jalik yashaymiz bu oson bulayotgani yuq. Faqat men emas shu imtiyozdan olmoqchi bulib borganlarni kupchiligi menday qiynalgan yolg'iz onalar, boquvchisini yuqotganlar, nogiron farzandi bor ayollar edi. Ishlamasak bulmaydi axir iltimos sizlardan shu imtiyozni sirtqi ta'lim shakliga xam utadigan qilishlarizni iltimos qilib qolaman. Barcha men singari imtiyoz oldim deb xursand bulib bu qarorni uqib tushkinlikka tushib qolgan ayollar nomidan shu qarorni Yana bir uylab kurib bizga xam foydasi tegadigan uzgartirish kuritishizni iltimos qilib qolaman. Kimga murojat qilishni bilmadim shunga sizlarga yozdim iltimos shu iltimosnomamni mas'ullarga yuborsalariz. Javoblarizni kutib qolaman.
Tavsiyanoma olganlar dtm saytda tavsiyanomaga egasiz deb kòrsatyabdimi