Super finalchilar.pdf
239 KB
😀 Super finalchilar soni 67* taga yetdi!

➗ Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman.

😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xoraz, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 8 ta olimpiadadan keyin jami 67* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 34 tasi Xorazm, 21 tasi Toshkent shahar, 7 tasi Buxoro, 1 tasi Samarqand, 3 tasi Jizzax va 1 tasi Farg‘ona viloyatidan. Hozircha Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Andijon va Qoraqalpog‘istondan "super finalchi" aniqlanmadi.


🚛 Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

😀 Darvoqe, ertaga o‘n ikkita hududda navbatdagi oflayn olimpiada o‘tkaziladi. Batafsil: ➡️ t.me/khiso/4862

Comments

Be the first to add a comment