"Dunyo bozoriga ingliz tili bilan kira olamiz" — 75 000 $ yutgan startap asoschisi bilan suhbat

Bu galgi suhbatdoshimiz “Shuhrat” medali sohibi, eng yosh Prezident maktabi direktori va 75 000 $ mukofot yutgan startap asoschisi 27 yoshli Sardor Sodikov bo'ldilar.

🔥 O'zbek yoshlarini "oltin fondimiz" deb atagan spikerimiz suhbat davomida erishgan natijalari ortidagi zahmatlar, yoshlar uchun kerakli tavsiyalar, muvaffaqiyatga erishishda ota-ona va ustozlarning o'rni qanchalik muhimligi haqida gapirdilar. Shu bilan birgalikda, Prezident maktablari, oliy ta'lim muammolari hamda yoshlarga oid bir nechta dolzarb mavzularga birma-bir to'xtalib o'tdilar.

✨ O’ylaymizki, suhbat siz uchun manfaatli bo’lib, katta-katta maqsadlar qo’yishga va ular tomon intilishga undaydi.

Suhbat premyerasi, bugun, soat 19:30 da bo’lib o’tadi. Videoni ko’ring va uni do'stlaringizga ham tavsiya qiling. Zero, bu suhbat ular uchun ham manfaatli bo’lishi mumkin!

Premyeraga havola: https://youtu.be/E8h-C01iQEw

Premyerani o'tkazib yubormaslik uchun havola orqali o'tib, eslatish tugmasini bosib qo'ying 😊

6 comments

Bekova gulsanam
Qachon yana olimpiada bo'ladi o'quvchilar uchun
Bu saytdagi login parolimiz bilan boshqa saytlarda ham ishtirok etishimiz mumkinmi
Ассалому алайкум ёшларни мехнатсевар,жонкуяр севимли устози Сардор Базарбаев аввало сизга катта рахмат!!! Болаларимиз сизни ортингиздан интилиб, билим олишга кизикишлари ортиб бормокда оллохим, билимингизни бунданда зиёда килсин
Сардорбек кизим Хайитбоева Мафтунахон 26 декабрда республика буйича утказилган математика, инглиз тили, интеграцион олимпиядасида 1-уринни олган эди медалини кутятгандик келмадия