TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI JONDOR TUMANINING BA'ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI
Jondor tumani "Namgoni" va "Ibn Sino" mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 219 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini zudlik bilan bartaraf etish maqsadida bugun soat 8:50 dan 13:00 ga qadar ushbu hudud iste'molchilariga tabiiy gaz ta'minotini yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati