Yaponiyaga ketayotganlar:
"Jurabek aka, Yaponiyada qanday qilib yaxshi bilimlarni olib, muvaffaqiyatga erishsam bo'ladi?"
deb so'rashadi.

Yaponiyada bir necha yil ishlab, O'zbekistonga qaytganlar:
"Qanday qilib O'zbekistonda aldanib qolmaslik kerak?"
deb so'rashadi.

Ko'p hollarda bir narsaga erishish uchun bir narsani yo'qotib qo'yamiz.

Yaponiyada ishonchlilikni, to'g'rilikni o'rgandingiz —
O'zbekistonda ehtiyotkorlik, chaqqonlik kerak.

O'zbekistonda epchillik, faollik o'rgandingiz —
Yaponiyada bu qo'pollik bo'lib tushunilishi mumkin.

Bu yo'qotish emas.

Ikkala dunyoni biladigan odam hech qayerga yo'qolmaydi.

Muammo — ikki xil tizimni bilmaslik emas.
Muammo — birini bilib, ikkinchisini unutib qo'yish.

Men O'zbekistonga qaytib ozroq Yaponcha yondashuvni unutishni boshlayapman.

Siz balki Yaponiyada (yoki boshqa bir davlatda) yurib, O'zbekona epchillikni, chaqqonlikni yoddan chiqaryapsiz.

Ikkalasini saqlab qolish bizni unikallik sari olib boradi.

Ikkalasini saqlab qolish yoki ikkalasini ham badanga singdirish, bizni kuchli qiladi.

#uzbek #globalmindset

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment