🏆 Taqdirlash marosimi 10-fevral kuni 15:00 da bo‘lib o‘tadi!

21-yanvar va 4-fevral kuni o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi 10-fevral kuni Yoshlar markazi binosida soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

IZOH: Oldingi olimpiadalarda g‘olib bo‘lib taqdirlashga kela olmagan o‘quvchilar yoki ustozlar ham kelishi mumkin. (Faqat bu haqida @khiso_admin ni ogohlantirib qo‘yishi kerak)

G‘oliblar medal va diplomlar bilan, ustozlari esa tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sardor Palvonov va KHISO asoschisi Sardor Bozorboyev qatnashishi kutilmoqda.

G‘oliblardan tashqari har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etilmoqda. Hali ham olishga ulgurmagan bo‘lsangiz @khiso_admin ga yozing.

2 comments

Allaberganova Klara
Assalomuv alaykum ustoz Yoshlar markazi qayerda joylashgan iltimos aytib yuborsangiz.
Зилола Исмоилова
Такдирлашни расмларини ташанглар 🙏🙏🙏🙏