“Tizimning
funksiyasi yoki
maqsadi odatda aytilmaydi, yozib qo‘yilmaydi yoki biror shaklda ochiq ifodalanmaydi, balki u qanday ishlayotganidan ma’lum boʻladi.
Tizimning maqsadini aniqlashning eng yaxshi yoʻli uning fe’l-atvorini ma’lum vaqt davomida kuzatishdir.
Agar qurbaqa o‘ngga burilib pashsha tutsa, keyin so‘lga burilib yana pashsha tutsa, so‘ng orqasiga o‘girilib yana pashsha tutsa, uning maqsadi o‘ngga, so‘lga yoki orqaga burilish emas, balki pashsha tutish bilan bog‘liq ekani ayon bo‘ladi. Agar hukumat atrof-muhitni himoya qilish qarorini e’lon qilsa-yu, ammo bu maqsad uchun juda oz mablag‘ va kuch sarflasa, unda atrof-muhitni himoya qilish aslida hukumatning maqsadi emas. Maqsadlar bayonotlar yoki e’lon qilingan rejalarda emas, balki fe’l-atvorda namoyon boʻladi.”
— Donalla Meadows’ning “
Tizimlar mantig‘i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” kitobidan