YAPON TILIDAN TOPGAN BIRINCHI PULIM…

Men bolaligimdan oilada pulni tejashni yaxshi biladigan bola bo‘lganman. Maktabda tushlik uchun berilgan pulni ishlatmasdan, uyga tezroq qaytib, ovqatlanib, qolganini yig‘ardim. Onam hayron bo‘lib: “Bu pulni qayerdan yig‘ding?” deb so‘rardilar.

Lekin haqiqiy o‘zgarish kollejga kirganimda boshlandi. Yapon tiliga jiddiy kirishdim. Maqsadim aniq edi: Eng tez o‘rganish! 🚀

Har kuni darsdan keyin Registon maydoniga borardim. Yaponiyalik turistlarni kutib, ular bilan gaplashib, Yapon tilini mashq qilardim. Bir kuni Sanae-san ismli ayol bilan tanishib qoldim.

Ertasi kuni u kutilmagan taklifni berdi:
— “Samarqandni menga ko‘rsatib bera olasanmi?”
Men esa imkoniyatni qo‘ldan boy bermadim:
— “Sizga bepul ko‘rsataman. Siz esa menga professional gid bo‘lish haqida maslahat bering.”

Ochig‘ini aytsam, hali tayyor emasdim, qanday tushuntirishni ham to‘liq bilmasdim. Lekin bu IMKONIYAT edi.

📍 O‘sha kun tartibi:
Registon maydoni
Siyob bozori keyin yonida palov
Ulug‘bek rasadxonasi
Afrosiyob muzeyi

Kechqurun xayrlashayotganimizda, menga maslahatlar berdi-yu, qo'limga bir konvert tutqazdi. Biz tekinga kelishganimizni aytsamda, qo'ymasdan ol dedi.

Sanae mehmonxona tomon ketgandan keyin, ichini ochsam… 2 ta 20 dollarlik. Jami 40 dollar!

2007-yil uchun bu ko‘pchilikning yarim oylik maoshi edi. Boshqalar 15 kun ishlab tobadigan summani men, bir necha soatlar, shahar aylanib topib qo'ydim.
O‘sha joyning o‘zida xursandchilikdan "uchib ketdim". Bu oddiy 40 dollar emas, bu — oilamning menga qilgan sarmoyasining birinchi mevasi edi. Kechqurun uyga qaytdim va oila davrasida Yapon tilidan kelgan birinchi daromadni nishonladik.

O‘sha kuni bitta narsani tushundim:

Ta’limga qilingan investitsiya — albatta qaytadi. Va albatta bir necha barobar bo‘lib qaytadi.

Sanae-san bilan aloqamiz yillar davomida uzilmadi. U menga Yaponiyadan kitoblar, lug‘atlar yubordi. Yapon tili menga nafaqat birinchi yaxshi daromadni, balki yangi insonlar va kelajak yo‘lini berdi.

Xulosa:
Yangi ish boshlaganingizda natija darrov kelmaydi. Lekin chin dildan harakat qilsangiz, bir kuni "birinchi signal" keladi. O‘sha paytda o‘zingizga bo‘lgan ishonch oshadi va natijalar tezlashadi. Muhimi signalni o'tkazib yubormaslik.

Siz-chi? O‘z bilimingiz orqasidan topgan birinchi daromadingizni eslaysizmi?

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

2 comments