Yaponiyada konbinida ishlagan kunlarimdan biri.

Mijoz odatdagidek keldi. Va odatdagi sigaretasini so'radi.

Men javob berdim:
"Sumimasen." "Ima kochira no tabako shinagirete orimasu."

Mijoz hech narsa demadi.
Shunchaki norozi yuz bilan chiqib ketdi.

Men o'zim to'g'ri ish qildim deb o'ylardim. Axir — kechirim so'radim.

Lekin meni kuzatib turgan senpai yonimga keldi.
"Jurabek-san, nima bo'lganini ko'rdingmi?"
"Sababini bilasanmi?"

Men jim qoldim.

Senpai tushuntirdi:
"Sen avval kechirim so'rading. Keyin sababni aytding.
Mijoz oxirgi eshitgan narsasini eslab qoladi.
Oxirgi so'z — 'tamaki yo'q.'
Ya'ni — muammo hal bo'lmagan taassurot bilan ketdi.
To'g'ri tartib: Avval sabab. Keyin kechirim."

Shu kichik farq:
"Sumimasen → shinagirete orimasu"
yoki
"Shinagirete orimasu → moushiwake gozaimasen"
Natija butunlay boshqacha bo'ladi.

Shu kundan boshlab qo'lladim. Va ish o'zgardi.

Ammo bu faqat kechirim haqida emas.
Bu — odamlar bilan gaplashishning asosiy qonuni.

Yomon xabar — avval.
Kechirim yoki yechim — oxirida.

Keyingi safar birovga yomon xabar berayotganda:
Avval fakt. Keyin kechirim.
Shu bitta qoida — kommunikatsiyangni butunlay o'zgartiradi.

Kommunikatsiya kuchi — faqat nima aytishda emas.
Qaysi tartibda aytishda.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment