📣Olimpiada ishtirokchilari diqqatiga: Plaftormadan akkaunt ochish olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tganingizni anglatmaydi!Yangi ishlab chiqilgan
offline.khiso.uz saytidan
shaxsiy akkaunt ochishingiz endilikda barcha olimpiadalarimiz uchun shu akkaunt orqali (
barcha ma’lumotlaringiz va reyting ballaringiz yagona akkauntda jamlanib boradi) ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini beradi.
Buni xalq tilida quyidagicha tushunish mumkin: Siz
ID guvohnoma oldingiz. Lekin
ID guvohnoma olganingiz barcha
poyezdga chipta olganingizni anglatmaydi. O‘z navbatida shu
ID guvohnoma orqali poyezdlarga chipta olishingiz mumkinligini anglatadi. Shunday ekan,
"poyezd"ga chipta olish (ya‘ni 15-iyundagi olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish) ni unutmang. Aks holda poyezdga chiqa olmay qolasiz
😉Ushbu videoda shaxsiy akkaunt ochganingizdan keyin olimpiadani o‘ziga qanday ro‘yxatdan o‘tish tushuntirilgan. Ma’lumot uchun platformamizda 1500 ga yaqin akkaunt ochildi, lekin olimpiadaga 300 ga yaqin o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Bu degani, hali ko‘pchilik "poyezd"ga chipta olmadi:)
Toʻlovni imtihon boʻladigan joyga olib borsa boʻladimi?