Assalomu alaykum hammaga.

Ko'pchilik ro'yhatdan o'tish borasida bir xil savollarni berishyapti. Javoblar:

1. Iltimos, kanaldagi ro'yhatdan o'tish borasidagi yo'riqnoma va video bilan tanishing avvalo.

2. Ro'yhatdan o'tib kuting, tizimda yuklama bo'lsa login parol kelishi sekinlashadi.

3. Spam papkani tekshiring.

4. Agar spamda ham hech narsa ko'rinmasa pochtangizga google orqali kirib ko'ring, telefondagi email app ishlamasligi mumkin.

5. Kuting deganda 4-5 soatni nazarda tutdik. Shundan keyin tekshirib ko'ring pochtani, spam papkani.

6. Ro'yhatdan bugun o'tib, kelgan login parol bilan websaytga bir kirib ko'rishni tavsiya qilamiz. Login parol ishlayaptimi yo'qmi bilib olasiz. Ertag stress bo'lib o'tirmaysiz kirolmasdan yoki parolim yo'q deb.

7. Boshqacha bo'lishi mumkin emas, chunki shuncha odam ro'yhatdan o'tdi. Aynan sizga kelganda yuqoridagilar ishlamasa demak muammo yoki pochtangizda, yoki telefonda yoki bilmadik nimada. Xullas yuqoridagi ishlarni qilsangiz ro'yhatdan o'tasiz. Bu umuman qiyin ishmas o'zi.

6 comments

Gulnoza Jumanazarova
Ertaga soat 9da vaqtimiz yoqda shuni kechroq qilishni iloji yoqmi😔
Султон Джумаев
Hamma uchun bir vaqtda bo‘lgani juda ma'qul.
Rahmatova Dilorom
Har bir guruh kesimida necha kishi rõyxatdan õtganligi kanalda e'lon qilinsa yaxshi bõlardi
Xurmatoy& Shahnoza
Salom.Hammaga omad tilayman