🧬DNK, RNK, OQSIL SINTEZI HAQIDA BATAFSIL MALUMOT

📌Oqsil, Uglevod, Nuklein kislota biopolimerlar. YOG’LAR esa biomolekula hisoblanadi. Oqsil monomerlari – aminokislotalar. Nuklein kislotalar monomeri – nukleotidlar hisoblanadi. ✅

📌Hujayrda tuzilishi, vazifasi va yana bir qancha xususiyatlari bilan farq qiluvchi 2 xil nuklein kislota dezoksiriboza (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) uchraydi. ✅

📌DNK va RNK nukleotidlardan tuzilgan. Har bir nukleotid azot asosi (Purin asosi - ADENIN, GUANIN: Pirimidin asosi - TIMIN, SITOZIN, URATSIL), monosaxarid (dezoksiriboza, riboza) va fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan.✅ 

📌Dezoksiriboza va Riboza pentozalar guruhiga kiradi. Ularning tarkibida 5 tadan C (uglerod) atomi bo’ladi. Dezoksiriboza tarkibida 1 atom O (kislorod) yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi. ✅

📌DNK nechta nukleotiddan iborat bo’lsa, shuncha dezoksiriboza (pentoza) bo’ladi. ✅

📌Nukleotidlarning molekulyar massasi shartli ravishda 330 D (Dalton). Orasidagi masofa 0,34 nm yoki 3,4 A (Angstrem) ga teng. ✅

📌DNK – 2 ta zanjirli bo’lgani uchun orasida vodorod bog’lari mavjud bo’lib, ular doimo komplementar sherik nukleotidlar A - T orasida 2 ta hamda G - S orasida 3 ta bo’ladi.✅ 
📌DNK ning RNK dan farqli tomoni – molekulyar massasi katta, 2 ta zanjirdan iborat, purin asoslaridan A, G; pirimidin asoslaridan S, T uchraydi. RNK da esa T uchramaydi. ✅
📌DNK da Purin va Pirimidin asoslari vodorod bog’lar orqali, Purin asoslari o’zaro yoki Pirimidin asoslari o’zaro – fosfodiefir bog’lar yordamida birikkan. ✅

📌DNK da nechta nukleotid bo’lsa fosfodiefir bog’ 2 ta kam bo’ladi. RNK da esa 1 taga kam bo’ladi. ✅

📌Vodorod va fosfodiefir bog’lar DNK dagi kimyoviy bog’lar hisoblanadi. ✅

📌RNK dan DNK sintezlanishi teskari transkripsiya; DNK ning 1 znjiridan RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) lar sintezlanish jarayoni transkripsiya – ko’chirib yozish deb ataladi. Bu jarayon ham qat’iy komplementarlik asosida kechadi. ✅
📌Sintezlangan oqsil haqidagi irsiy axborot asosan yadroda, DNK da nukleotidlar ketma-ketligda yozilgan bo’lib, ular asosan dastlab RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) sintezlab olinadi. i-RNK da 4 xil nukleotid yordamida kodlangan irsiy axborot har nukleotidlar uchligida (triplet) aminokislotalar sinteziga sabab bo’ladi. Har bir aminokislotaning 4 xil nukleotid yordamida 3 ta nukleotid ketma-ketligida ifodalanib kelishiga genetik kod deyiladi. ✅
📌Jami kodlar soni 64 ta bo’lib, 20 xil aminokislotalardan ikkitasini kodi 1 tadan. Qolgan 18 tasini kodi 2, 3, 4, 6 tadan bo’lishi mumkin. 5 ta kodonga ega bo’lgan aminokislota uchramaydi.
2. Fenilalanin, tirozin, gistidin, glitsin, lizin, sistein, serin - 2 ta; 
3. Izoleysin - 3 ta; 
4. Valin, serin, prolin, treonin, alanin, asparagin - 4 ta;
5. Leysin, glutamin, arginin - 6 ta; 6. Qolgani terminatorlar - 3 ta; ular polipeptid zanjir sintezi tugallanganini bildiradi. 

📌Jami 64 ga teng. 

📌Har qanday oqsil molekulasi – metionin aminokislotasidan boshlanadi.✅

📌1 ta aminokislotani 1 ta kodon (3 ta nukleotid) kodlaydi. 1 ta aminokislotani massasi 120 D (Dalton). Har bir aminokislota o’zaro peptid bog’lar yordamida bog’lanib turadi. Peptid bog’ aminokislota sonidan 1 taga kam bo’ladi ✅

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof

Comments

Be the first to add a comment