Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjaev darsliklar tarjimasida yordam berishni istaganlarga murojaat bilan chiqdi:

“Hurmatli oʻqituvchilar, olimlar va ota-onalar!

Ma'lumki, mamlakatimizda ta'lim jarayoni 7 tilda olib boriladi. Darsliklarning original maketlari esa oʻzbek tilida yaratilib (ona tili fanidan tashqari), keyin boshqa tillarga (qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tarjima qilinadi.

Tarjima ishlari nashriyotlarda amalga oshirilib, Respublika ta'lim markazining tegishli til muharrirlari tomonidan ko'rib chiqiladi.

Afsuski, bu jarayonga jalb qilingan mutaxassislarning malaka darajalari har doim ham talab darajasida bo'lmaganligi oqibatida, tarjimalarda xatoliklar kuzatilmoqda.

Jamoatchilik va ota-onalarning haqli e'tirozlarini tushungan holda, vazirlik tarjima jarayonlariga malakali mutaxassislarni taklif qilmoqda.

Agar siz mazkur jarayonga oʻz hissangizni qoʻshish istagida boʻlsangiz, quyidagi havola orqali oʻz haqingizda ma'lumotlarni yoʻllashingizni soʻraymiz:


👉 https://forms.gle/vrhXSZa8XxDgMxZ47

5 comments

Маърифат Баходировна
Qatnashaman
Маърифат Баходировна
😀😀😀😀
Qatnasholmiyappan
Yozolmiyappan
Yo kompda yozish kkmi
Лайло Матвафаева
Masharipov Sardor
Лайло Матвафаева
91_916 82 52