Soʻzim boshida bitta hayotiy misolga toʻxtalmoqchiman. Temirchi usta, qizib turgan temirni ming martalab goh qattiq, goh yumshoq uradi. Natijada mustahkam va oʻtkir qilich yasaladi. Hayotda pand-nasihat va maslahat beruvchi ustozlarimizni shu temirchiga qiyoslasak, oʻtkir qilich esa oʻzimiz boʻlamiz. Ya’ni ustozlarni oʻgitlari bilan shu darajaga yetamiz. Aslida aynan biror kuni emas, har kuni ustozlarimizni e’zozlashimiz kerak!
Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
Cheksiz hurmat bilan Bozorboyev Sardor!
1 comment
Мехрибон
Katta rahmat sizni va jamoangizni ham bu bayram bilan tabriklayman siz ham bizlar uchun ustozsiz!!!