Qanday qilib repetitorni to'g'ri tanlash mumkin?

Ota-onalar va abituriyentlar repetitor yoki o‘quv markazlari qidirishni boshlashdi. Repetitor tanlashda nima jihatlarga e’tibor berish kerak? Shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

✅ Nega sizga repetitor kerak va uning vazifasini nima ekanligini o'zingiz uchun aniqlashtirib oling. Repetitor orqali qanday natijalarga erishmoqchi ekanligingiz bo‘yicha aniq maqsadlar qo'ying.

✅ Do'stlaringiz va o'qituvchilaringizdan qaysi repetitorlarga qatnashni tavsiya berishlari haqida so‘rang. Bir nechta repetitorlar bilan gaplashib ko'ring.

✅ Repetitorning malakasini tekshiring. Uning natijalari, yutuqlari va bilim darajasi haqida ma'lumot oling.

✅ Repetitorga oldingizga qo‘ygan maqsadingizni bildirib, ushbu natijaga qanday yetishmoqchi ekanligi, takliflari va o'quv rejalari haqida so'rang.

✅ Repetitorga boradigan vaqtingiz siz uchun qulay bo‘lsin. Sizning vaqtingiz repetitorning vaqtiga to'g'ri keladimi yoki yo'qmi tekshiring.

✅ Darslar hafta davomida kamida 2 marotabadan rejalashtirilganiga e'tibor bering. Darslar haftasiga 2 marta bo‘lib, ular ketma-ket kelgan kunlarda bo'lib qolmasin. Misol uchun, shanba va yakshanba, yoki seshanba va chorshanba.

✅ Darslar boshlanganidan keyin o'zingizda o'sish qanday va repetitor bilan qanchalik olg'a siljiyapsiz tekshirib boring.

✅ Bir oyda bir repetitoringizdan va shu fanga oid o'qituvchingizdan qanday o'zgarishlar bo'layotgani va ularning siz haqingizdagi fikrlari haqida so'rab boring.

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻
https://t.me/joinchat/AAAAAFdisFzJRut8ymA2lg

Comments

Be the first to add a comment