⚡️Yana bir Jizzaxlik g‘olibimiz vaucheridan foydalandi!
"Toshkent olimpiadasi" ning final bosqichi g‘oliblariga mos ravishda 900.000, 500.000 va 300.000 so‘mlik vaucherlar berilganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Vaucher - bu bizning istalgan loyihamizda foydalanish mumkin bo‘lgan pul mukofoti.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 32-sonli umumta'lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Qo‘chqorov Botirjon ham poytaxtda o‘tkazilgan olimpiadaning finalida 300.000 so‘mlik vaucher va
🥉 medal sohibi bo‘lgan edi.
Botirjon yutib olgan pul mukofotini
KUNTESTI mobil ilovamiz va
www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platforamimizda ishlatishga qaror qildi.
Uning keyingi o‘qishlarida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Adminga murojaat qiling: @khiso_admin yoki @kuntesti_admin