📌 Joriy yilning sentabr oyidan xususiy maktablarda onlayn dars bo‘lsa, to‘lovni 100% olishadimi?

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Feruza Madrahimova ushbu savolga javob berdi:

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat umumta’lim tashkilotining namunaviy ustaviga muvofiq, o‘qish muddati va shartlari, to‘lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan nodavlat umumta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi. Shu sababli nodavlat umumta’lim tashkilotlarida badal to‘lovi turlicha miqdorda belgilanishi mumkin.

Karantin munosabati bilan 2020-yil 1-sentyabrdan nodavlat umumta’lim tashkiloti tomonidan dars mashg‘ulotlari onlayn shaklda tashkil etiladigan bo‘lsa, tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada darsni tashkil etish shakli hamda to‘lov miqdorini shunga mutanosib ravishda belgilash yuzasidan tomonlar kelishib olishlari kerak.

Ma’lumki, ayrim nodavlat umumta’lim tashkilotlarida o‘qishdan tashqari ta’lim oluvchilarni ovqatlantirish ham amalga oshiriladi. Yangi to‘lov miqdorini belgilashda ovqatlantirish va ta’lim oluvchi bilan yakka tartibda ishlash xarajatlari chegirib tashlanib, to‘lov miqdori kamaytirilishi mumkin.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg

Comments

Be the first to add a comment