final.pdf
336.6 KB
📊 "ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 4-mavsum finali - "YOZGI MAKTAB-2024" natijalarini e'lon qilamiz.

🏆 G‘oliblar mos ravishda planshetlar, smartfon, simsiz quloqchin va SmartWatch soatlari bilan taqdirlanishadi.

📔 Shuningdek, har bir ishtirokchiga sertifikat, maxsus kitob va esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

🎁 Taqdirlash marosimi ertaga soat 9:00 da Turin Politexnika universitetining Konferensiyalar zalida o‘tkaziladi.

📍 LOKATSIYA

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari

Izoh: Har bir kategoriyadan 3 nafardan o‘quvchi g‘olib deb topildi. Shuningdek, A (1-2 sinf) va B (3-4 sinf) kategoriyalarida kichik sinf o‘quvchilaridan eng yaxshi natijaga erishgan bir nafardan o‘quvchilar ham taqdirlanadi.

16 comments

Show 6 more comments
Ахмедова Халимахон
Сардар Бозорбаев супер организатор болалар дуст ортиришди дам олишди узларидан хам кучли укувчилар борлигини билишди бу улар учун мотивация булди рахмат сизларга
Ахмедова Халимахон
Сардор Бозорбаев дан янги лойихалар кутиб коламиз
Рахмат устоз. Худо холаса кейингиларинда .
Ассалому алайкум, мени ўғлим Донабоев Муҳаммаджон Улуғбек издошлари олимпиадасини финал босқичида ўтган йили 4-ўринни олганди, бу йил 2-ўринни олибди. Ташкилотчиларга рахмат.
Nodirbek Mamadaliyev
Assalomu alaykum, tashkilotchilarga, xususan Sardorbekga alohida rahmat! Farzandlarimizda bilim olishga juda katta motivatsiya uyg‘otmoqda. Alloh rozi bo‘lsin!
Ummu Habib
Assalomu alaykum ,ulug‘bek izdoshlari olimpiadasi finalida bu yil birinchi qatnashishimiz o‘g‘lim o‘rin ololmadi lekin tajriba bo‘ldi. Tushkunlikka tushish yo‘q bu hali endi boshlanishi ko‘proq o‘z ustingda ishlashing kerak deb ko‘nglini ko‘tardim lekin xafa bo‘lmadi natijalarni , o‘zini xatolarini ko‘rib o‘ylanib turdida oldingi video tahlillarni ko‘rishni boshladi
Aytmoqchi bo‘lganim agar bu olimpiada bo‘lmaganida bu bilimlar , yangi bilimlarni o‘rganishga harakat bo‘lmasidi bolalar qiziqyapti bilim darajasi ortyapti tashkilotchilarga rahmat
Sohiba Nuriddinova
Assalomu alaykum. Rahmat kattakon
5-6 sinflarda C14 va C15 shartida "8-masala javobi k boʻlsin" deyilgan. 8 masala javobi 42 edi. Lekin yechimda kʼning C13 javobi ekanligi maʼlum boʻlyapti. C15 ni kʼning qiymatisiz topsa boʻlar edi. Lekin C14 javobini topishda kʼning qiymati kerak edida
Barcha savollar variantlari yoki D gacha, yoki E gacha berilsa yaxshi boʻlardi. Baʼzan 4 xl variantli savollarda D variantni belgilayotganda E ʼni belgilash hollari boʻlibdi
Umuman olganda tadbir goʻzal tashkillandi, D kategoriya savollariga gap yoʻq. Shu kabi ogʻirlikdagi savollardan tuzilgan testlar koʻproq oʼtkazilsin. Sovgʻaga berilgan kitobda aynan shu kabi savollar borligi uchun alohida tashakkur