Bir kun òģlimga dòkondan òyinchoq oldik. Uyga bordik. Tabiiyki bu òyinchoq ukalariga ham yoqdi, ammo undagi tabiiy qizģanish tuyģusi tufayli bergisi bermadi. Men vaziyatni kuzatib turibman. Ukasi yana sòradi ammo, boshqa narsalarni bahona qilib òyinchoģini berkitishga harakat qildi. Biroz vaqt òtgach uni yonimga chaqirib quyidagi hikoyani aytib berdim: Suriyalik olim Muhammad Xayr ash-Shi'olga Haysam ismli bir tikuvchi aytib bergan ekan. Hikoya sohibi shunday deydi: “Mening tikuv korxonam bor edi. Qo‘shni ayollardan Ummu Jamil ismli ayolning eri vafot qilib qoldi. Uning uchta yetimi bor edi. Bir kuni u mening korxonamga kelib dedi: -Mening bir tikuv mashinam bor. Uni erim ishlatar edi. Biz uni qanday ishlatishni bilmaymiz. Men esa yetimlarimni boqishim kerak. O‘sha mashinamni sizga keltirib ijaraga bersam. Ijara puli bilan o‘zimni va yetimlarimni boqar edim. Men qaytarishga hayo qilib unga dedim: -Mayli keltiringchi. Ayol tikuv mashinasini keltirdi. Uning mashinasi juda eski model ekan. Bu mashina uchun mening korxonamda hech bir ish yo‘q edi. Ammo men bu ayolning ko‘nglini sindirishni istamadim. Undan ijaraga qancha pul berishim lozimligini so‘radim. U uch ming lira dedi. Bu voqea Suriya urushidan yigirma yillar oldin bo‘lgan edi. Men tikuv mashinasini olib qoldim va unga uch ming lira berib yubordim. Mashinani bir burchakka qo‘yib qo‘ydim. O‘n yillar o‘tdi. Ummu Jamil mendan ijara pulini olib turdi. Ammo tikuv mashinasidan umuman foydalanmadim. Endi tikuv korxonamni shahar chetidagi bir boshqa binoga ko‘chirmoqchi bo‘ldim. Narsalarni ko‘chirayotib xodimlarimga: “Ummu Jamilning mashinasini ham olinglar!”, dedim. Sexni yuritadigan ayol dedi: -Bizning Ummu Jamilning mashinasiga ehtiyojimiz yo‘q. Ko‘chirib nima qilamiz?! Men: -Ko‘chiringlar, tamom!-dedim. Yana o‘n yillar o‘tib Suriyada urush boshlandi. Mening korxonam joylashgan mintaqa vayron bo‘ldi. Ammo mening korxonam saqlanib qoldi. Urush sababidan Ummu Jamil bilan aloqamiz uzilib qoldi. Uning manzilini ham topa olmadim. Uning telefoni o‘chgan edi. Sexni yuritadigan ayol mendan ketib Yevropaga boribdi. Ikki oydan so‘ng men bilan bog‘lanib bir tush ko‘rganini, uni menga aytib berishini istayotganini aytdi. Men: “Gapir”, dedim. U shunday dedi: “Tushimga g‘oyibdan ovoz eshitdim. U ovoz shunday dedi: “Ummu Jamilning tikuv mashinasi barakotidan sizning korxonangizni saqlab qoldik!”. Tikuvchi Haysam doktor Shi'olga shunday degan ekan: “Hurmatli doktor! Ishonsangiz, mening korxonamdagi bitta nina ham yo‘qolmadi. Vaholanki, bu mintaqadagi biror bir joy zararsiz qolmagan!”.
Ehtimol zaif bir qo‘shningizga yordam berishingiz yoki qo‘shnilaringizdan zaifa bir beva ayolga moddiy yordam berishingiz sizning saodatingizga, siz va oilangizning himoya qilinishingizga sabab bo‘lar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytadilar: “Yonidagi qo‘shnisining ochligini bilaturib qorni to‘q holda xotirjam uxlagan kishi menga iymon keltirmabdi!”. Yana aytadilar: “Ey Abu Zarr! Agar sho‘rva pishirsang suvini ko‘proq sol. Qo‘shnilaringni yo‘qlagin!”. Qancha-qancha Ummu Jamillar ko‘chalarda sargardon. Ularning ehtiyojini birov bilmaydi. Buning nomi maxfiy sadaqadir. Buning nomi ko‘ngil olishdir. Buning nomi qiynalganlarga yordam berishdir. Kim Allohni tanisa yaxshilik yo‘llarini ham biladi. Osiy inson faqatgina o‘zini biladi. Buni “Nasiba”, demanglar balki “Maxfiy qilingan yaxshilikni faqatgina Alloh biladi”, denglar. Bir kishi aytadi: “Menda telefonni quvvatlab beradigan qurilma bor. Uni kim so‘rasa beraman. Yetti yil bo‘ldi. Men sotib olgan barcha qurilmalar bir-ikki yil ishlab so‘ngra buziladi. Ammo u hali ham ishlayapti”. Ushbu hikoyadan sòng kechqurun òģlimni kuzatishni boshladim. Òyincboqlarini kim sòrasa beradigan va bu ishini xursand bòlib bajaradigan bòldi. Men esa Alhamdulillah deb qòydim.