❇️❇️QALQONOLDI , GIPOFIZ , AYRISIMON , BUYRAK USTI BEZLARI , ULARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI.
❇️❇️👉 Qalqonoldi bezlari.
4 ta bo'lakdan iborat. Qalqonsimon bez orqa yuzasida joylashgan bo'lib , uning to'qimasiga botib kirgan.
Qalqonoldi bezi Paratgarmonni ishlab chuqaradi.
Paratgarmon qonda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqarib turadi. Nerv va muskul qo'zg'aluvchanligiga ta'sir qiladi.
Paratgarmon ko'p ishlab chiqarilsa.
- > qonda kalsiy miqdori ortadi
- > suyaklar yumshab deformatsiyaga uchraydi.
- > Nerv muskul sistemasi qo'zg'aluvchanligi pasayib , tana muskullari bo'shashadi.
- > Odam holsizlanadi , tez charchaydi
Paratgarmon kam ishlab chiqarilsa.
- > Qonda kalsiy miqdori kamayadi.
- > nerv - muskul qo'zg'aluvchanligi ortadi.
- > Qovoq va lablar pirpirab uchadi , qo'llar qaltiraydi. ( tetaniya )
👉 Gipofiz bezi.
No'xat shaklda , Bosh miya ostki yuzasida joylashgan. Og'irligi 0,5 - 0,6 g bo'ladi. Bu bez qon tomirlari orqali Gipotalamus orqali qon tomirlari bilan bog'langan.
Gipofizning 3 ta bo'lagi mavjud.
1. Oldingi bo'lak ( Somatotrop ishlab chiqaradi. )
✅2. O'rta bo'lak ( Intermidin ishlab chiqaradi. )
✅3. Orqa bo'lak ( Vazoprosen ( ADG ) ishlab chiqaradi. )
✅👉Somatotrop --- > Bu garmon bo'y o'sishiga tasir ko'rsatadi. Garmon ko'p ishlab chiqarilsa Gigantizm , kam ishlab chiqarilsa Nanizm kelib chiqadi.
Katta yoshdagi odamlarda bu garmonni ko'p ishlab chiqarilishi --- > Akromegaliya kasalligini keltrib chiqaradi. ( Panja suyaklari yo'g'onlashadi , til va burun tez o'sishi kuzatiladi. )
Gipofizning 3 ta bo'lagidan boshqa garmonlar ham ishlab chiqariladi :
- > Adrenokortikortikoid gormoni ( Buyrak usti bezini ishini boshqaradi. )
✅- > Trioptrop gormoni ( Qalqonsimon bez ishini boshqaradi. )
✅- > Gonadotrop gormoni ( jinsiy bezlar ishini boshqaradi. )
✅👉 Epifiz bezi.
O'rta miya soxasida joylashgan bo'lib asosan melatonin garmonini ishlab chiqaradi.
Melatonin --- > Organizmda ligment almashinuviga ta'sir ko'rsatadi. Epifiz gormoni Gipofizning Gonadotrop garminiga tasir etib bolani vaqtidan oldin balog'atga yetishini sekinlashtiradi.
Epifiz funksiyasi bola 7 yoshga yetguncha kuchayadi , keyin susayib boradi.
✅👉 Ayrisimon bez.( Timus )
Ko'krak qafasida , to'sh suyagining orqasida joylashgan.
Chaqaloqlarda 12 g , 14 - 15 yoshda 30 - 40 g gacha yetadi. Keyin bola ulg'ayishi bilan kichrayib boradi.
👉Ayrisimon bez Timozin garmonini ishlab chiqaradi.
Timozin :
- > Bolani vaqtida balog'atga yetishini taminlaydi.
✅- > Limfotsitlar hosil bo'lishini kuchaytrib immun sistemani shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
✅👉Buyrak usti bezi.
O'ng va Chap Buyrak ustida joylashgan. Birmuncha yassilashgan piramida shaklida.
Har bir bez 2 qismdan iborat va quyidagi garminlarni ishlab chiqaradi.
1. Po'stloq ( suv , tuz , oqsil va uglevodlar almashinuviga tasir ko'rsatuvchi moddalar ishlab chiqaradi. Androgem va Esterogen jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. )
✅2. Mag'iz ( adrenalin - > garmoni nerv qo'zg'alishi kuchaytrib , yurak qisqarishi , nafas olish va qon aylanish jarayonlariga tasir etadi.
Achchiqlanganda va qo'rqqanda adrenalin ishlab chiqarilishi keskin ortadi. Bunda :
- > Qon tomirlar torayadi
✅- > Yurak urishi tezlashadi
✅- > Qon bosimi ortadi
✅- > Uglevod almashinuvi tezlashadi.
✅💁♂️ Biologiya faniga qiziqganlar uchun
Kanalimiz manzil
👇👇👇👇👇👇@Biology_prof@Biology_prof