This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆Xorazmda yangi oʻquv yilidagi ilk olimpiada oʻtkazildi!

8-sentabr kuni parallel tarzda Toshkent va Urganch shaharlarida #khiso_olimpiada si o‘tkazildi. Unda jami 245 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

🎞 Ushbu video-rolikda Urganch shahrida o‘tkazilgan olimpiada jarayonlari bilan qisqacha tasvirlangan!

🎁 Shuningdek, har bir o‘quvchi KHISO maktabining onlayn darslariga chegirmaga ega bo‘ladi. Darslar haqida yaqinda batafsil e'lon beramiz.

🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 28 nafar o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi sentabr oyining 2-yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

📊 Eslatib o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yilida har bir o‘quvchining reyting ballari jamg‘arib boriladi va "YOZGI MAKTAB-2025" ga yo‘llanma oladi.

Shu o‘rinda shiorimizni yana bir bor eslatamiz: Muvaffaqiyat - yakshanbani ham o‘z ichiga oladi!

🇺🇿 ning Xorazmdagi rasmiy kanali: 👉 @khiso_khorezm

1 comment

Ishlaringizga omad, muvaffaqiyatlar