Ozgina e’tiborli boʻlishni oʻrganaylik. Xorazmdagi maxsus vakilimizning raqami berildi degani istalgan vaqtda telefon qilish mumkin degani emas.
Kimdilar soat 7:00 da, kimdirlar soat 23:00 da telefon qiladi. Ozgina murojaat odobiga amal qilaylik. Telefondan tashqari admin telegrami ham berilgan.
Yana bir holat: “Video yechimlarni koʻrdim, menda faloncha toʻgʻri chiqishi kerak edi” - deb izohda yozayotganlar. Sizlardan bir nechtangiz adminga ham yozdingiz va javoblar varaqasi tashlab berildi. Xatolaringizni koʻrib tan olib, uzr soʻradingiz. Xalqimizda “daryoni koʻrmasdan etik yechma” degan naql bor. Hali farzandingizning javoblar varaqasini koʻrmasdan xulosa chiqarib izohda boshqalar fikri chalgʻishiga sababchi boʻlib qolmang. Nimadandir koʻnglingiz toʻlmasa adminga yozing, hammaga javob beriladi.
Olimpiadamizda sifat (savollar sifati va bexatoligi) va adolat (toʻliq shaffoflik) ustuvor maqsadlar hisoblanadi. Biz oʻzimizga haqligimiz uchun ham video yechimlarni e’lon qilamiz.