Men singlim boʻlishini, dadam rahmatli esa qiz farzandi boʻlishini xohlardi. Lekin 3-ukam oʻgʻil tugʻilgandi. Olloh nasib qilgani. Shundanmi, yoshligimdan qizlarga nisbatan samimiy hurmatim bor. Har doim ularni e’zozlash va yordam berishimiz kerak deb hisoblaganman. Oʻtgan yili 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan
Oʻzbekiston Qizlar Olimpiadasini tashkil qilish taklifini bildirgan edim. Sababi qizlarda aslida qobiliyat yuqori boʻlsada, uy ishlari va boshqa sabablarga koʻra kamroq dars qilishga majbur boʻlishadi. Bunday olimpiadalar Yevropa va Xitoyda bor. Shu maqsadda kecha Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari Dilnoza Kattaxonova bilan uchrashdim. Nasib qilsa tez orada
yurtimizda ilk bor Oʻzbekiston Qizlar olimpiadasi tashkil etiladi va oktabr oyida oʻtkaziladi.
Gʻoliblar poytaxtda tantanali taqdirlanadi. Olimpiada haqida keyinroq batafsil ma’lumotlarni beramiz.
👉 @bazarbaevs
Ammo alimpiadada qanday otkaziladi
Biror fan boyichami