🇺🇿🇮🇹 Элдор Шомуродов «Рома»да!

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳужумчиси Элдор Шомуродов Римнинг «Рома» жамоаси сафига бориб қўшилгани хабар берилмоқда. Римликлар Элдорни ижара асосида, аммо келгусида 16 млн еврога сотиб олиш мажбурияти билан қабул қилишган. Ҳозирча расмий хабар эълон қилинмаган бўлса-да, Италия нашрлари ҳам бу ҳақида ёзишмоқда.

Баракалла, Элдор! Юзинг ёруғ бўлсин.

Ўзбекистонлик футбол мухлислари ва ҳатто футболга умуман қизиқмайдиган юртдошларимиз ҳам сен учун дуода бўлишади.

Эслатиб ўтамиз, «Рома» жамоаси бош мураббий дунёга машҳур — Жозе Моуриньо! Агар трансфер расман тасдиқланса, ушбу тажрибали мураббий қўл остида Элдор янада кучайишига тилакдошмиз.

P.S.: Instagram'да Элдорнинг 2019 йилда Моуриньо билан тушган сурати остига «Рома» мухлислари "Хуш келибсан" деб юзлаб изоҳ қолдиришмоқда.


👉 @xushnudbek 👈

224 comments

Show 90 more comments
Odilbek Tóyjanov
Olģa Ózbek óģloni!
Умид Рахимов
У́збекистонда хам футбол борлигини ку́рсатаётган у́збек у́глонига омад ёр бу́лсин. Сенга ишонамиз Элдор.
Eldorbek man
Eldor Shomurodov ni Krishtiano bilan kõrish orzuyim nasib bõlsa kelasi qadam yuventus
Shunchaki qoyil qolish mumkun 👏👏👍👍👍👍
Abdumalik
Faxrlanamiz olğa💪💪💪💪
Davat brat siz murabbiy boʻsez 10 yildan keyin .Biz aniq brazilya bn finalga chiqamiz oʻwa kunlarni kutib yawemiz omad
Yoshlarga eʼtibor berish kerak deymanu uying kuygur karonavirus ketmayaptida
Egamberdiyev Javohir
Gap yoooo Shoma.. Shomurodov hali o'z sozini aytadi. Alloh omadini barkamol qilsin.
Roma bu jahoning top jamolaridan!
Омад ёр бўлсин Элдор!!!!!!
Muzaffar Xamdamov
Bu boshlanishi Hudo hoxlasa
Husan Umirzoqov
Olga O'zbekiston Olga Eldor
Муҳаммад Юсуф
Маурино бн сен менга бормаса бўлди. Уни жуда "мени" кучли. Чиқишиб қолса ўйнатади бўлмаса захирага михлаб ташеди Погбага ўхшаб. Шунинг ун Шомуродовга сабр. Газини бос
Korupsiya va monopoliya bo‘lmasa O‘zbekistondan dunyoni changini chiqarib yuboradigan yigitlar ko‘p chiqadi
Millionlar oʻyini shu qadar insonlarni oʻziga jalb qilganki uni oʻynamaydigan inson hech boʻlmaganda tomosha qilishni yaxshi koʻradi. Ayniqsa yurdoshing dunyoning mashhur jamosida oʻynasa, qanchalar quvonib ketsan.🤗🤗🤗.butun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bera olmagan quvonchni birgina Eldor Shomurodov orqali olayapmiz. Mana qishloqda chiqqan, Surxondaryo farzandi Eldor Shomurodov futbolda mehnati orqali nimalarga yetishsa boʻlishini isbotlamoqda. Agar asl oʻzbek farzandi boʻlsa qishloqlardagi futbolni yaxshi oʻynaydigan bolalarni rivojlanishi taminlaydi. Pulni Oʻzbek futboli uchun sarflang aka sizdan bundan ham ulugʻvor nom qolsin. Haqiqiy durlar dengiz tubida boʻladi yuzasida emas. Mana chiqarkan-u. Kattalar insonlarni bir gapini ishtsam etlarim jimirlab ketadi. "Ey otangga rahmat".
BOYMURODOV ISLOMBEK
omad yor bo‘lsin
Shunchaki otasiga rahmat!!! Natijasi BN umrida umuman koʻrmagan insonlarni qalbini quvonch va hayajonga toʻldirish hammani ham qoʻlidan kelmaydi. Qoyil ....
Abdurahmon
Zahirada o'tirish muborak bo'lsin! Faqat zahirada o'tirarkanda.
Show next 100 comments