🇺🇿🇮🇹 Элдор Шомуродов «Рома»да!

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳужумчиси Элдор Шомуродов Римнинг «Рома» жамоаси сафига бориб қўшилгани хабар берилмоқда. Римликлар Элдорни ижара асосида, аммо келгусида 16 млн еврога сотиб олиш мажбурияти билан қабул қилишган. Ҳозирча расмий хабар эълон қилинмаган бўлса-да, Италия нашрлари ҳам бу ҳақида ёзишмоқда.

Баракалла, Элдор! Юзинг ёруғ бўлсин.

Ўзбекистонлик футбол мухлислари ва ҳатто футболга умуман қизиқмайдиган юртдошларимиз ҳам сен учун дуода бўлишади.

Эслатиб ўтамиз, «Рома» жамоаси бош мураббий дунёга машҳур — Жозе Моуриньо! Агар трансфер расман тасдиқланса, ушбу тажрибали мураббий қўл остида Элдор янада кучайишига тилакдошмиз.

P.S.: Instagram'да Элдорнинг 2019 йилда Моуриньо билан тушган сурати остига «Рома» мухлислари "Хуш келибсан" деб юзлаб изоҳ қолдиришмоқда.


👉 @xushnudbek 👈

224 comments

Show 100 more comments
Korupsiya va monopoliya bo‘lmasa O‘zbekistondan dunyoni changini chiqarib yuboradigan yigitlar ko‘p chiqadi
Millionlar oʻyini shu qadar insonlarni oʻziga jalb qilganki uni oʻynamaydigan inson hech boʻlmaganda tomosha qilishni yaxshi koʻradi. Ayniqsa yurdoshing dunyoning mashhur jamosida oʻynasa, qanchalar quvonib ketsan.🤗🤗🤗.butun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bera olmagan quvonchni birgina Eldor Shomurodov orqali olayapmiz. Mana qishloqda chiqqan, Surxondaryo farzandi Eldor Shomurodov futbolda mehnati orqali nimalarga yetishsa boʻlishini isbotlamoqda. Agar asl oʻzbek farzandi boʻlsa qishloqlardagi futbolni yaxshi oʻynaydigan bolalarni rivojlanishi taminlaydi. Pulni Oʻzbek futboli uchun sarflang aka sizdan bundan ham ulugʻvor nom qolsin. Haqiqiy durlar dengiz tubida boʻladi yuzasida emas. Mana chiqarkan-u. Kattalar insonlarni bir gapini ishtsam etlarim jimirlab ketadi. "Ey otangga rahmat".
BOYMURODOV ISLOMBEK
omad yor bo‘lsin
Shunchaki otasiga rahmat!!! Natijasi BN umrida umuman koʻrmagan insonlarni qalbini quvonch va hayajonga toʻldirish hammani ham qoʻlidan kelmaydi. Qoyil ....
Abdurahmon
Zahirada o'tirish muborak bo'lsin! Faqat zahirada o'tirarkanda.
Хушнудбек ёздими, демак бу ишонарли хабар! Омад Элдор!
Olgʻa Eldor biz senga ishonamiz 👏👏👏
Eldor Abduraimov
Omad xamisha yor bo'lsin.
Eldor albatta har tomonlana kuchayadi, afsuski o‘zbek futboli emas
Abdurahmon
Zahirada o'tirish muborak bo'lsin! Faqat zahirada o'tirarkanda.
Dunyoda sandek insonla topiladi birinchi òzin mahalangda narmanli to'p tep ko'rolmaysan shu darajada onging pasmi 😏
Blackstar
Afsuski shu g'alabamizni ko'rolmaydiga ongsiz jonzotlaram borakan. Eldorga omad. O'g'limi futbolchi qilaman olloh xohlasa
Eldorga omad tilab qolamiz, lekin bu Mourinyo dganlari uncha muncha futbolchilani sindirvorgan. Eldor faqat olg'a
00515 -Ортиков Махмуджон
Мофакиятлари давомли булсин
Ассалому алайкум Элдорнинг йули ёруг булсин
Show next 97 comments