Bugungi kunni o‘g‘lim Muhammad Sodiq bilan o‘tkazdik. Uni mashinamga mindirar ekanman "Nima qilamiz?" degan savolni berdim. Odatdaga xilof ravishda "Taksichilik" deb javob qildi. Sababini so‘ragandim "Keyin aytaman" dedi. Yo‘lovchilarga pullimi yo bepul xizmat ko‘rsatish masalasini ham kelishib oldik: Puli borlarga pulli, muhtojlarga xolis xizmat ko‘rsatadigan bo‘ldik. Nega aynan "taksichilik" qilishni hoxlaganini payqagandek bòldim. Uch hafta oldin
postimda yozgan ish tufayli bòlsa kerak deb òyladim.
Xullas ishni boshladik, jarayon davomida o‘ttiz mingga yaqin pul jamg‘aribmiz, asosiysi, ancha muncha odamlarning duosiniyam oldik. Hamma pulni o‘g‘limning qo‘liga tutib nima qilishini so‘radim. O‘ylanib turgandi, "Hozir, o‘g‘lim, senga uchta taklif beraman ma'qulini qilasan" dedim.
"Birinchisi bu pulni buvijoninga beramiz, xursand bòlib bizni duo qiladilar. Puling o‘n barobar ko‘payadi. Ikkinchisi, bu pulingni Allohga beramiz, puling keyin yetti yuz barobar ko‘payib ketadi". So‘zlarimni eshitib o‘g‘limning ko‘zlariga hayrat to‘ldi:
" Dada, Allohga ham pul berib bo‘ladimi, axir biz Uni ko‘rmaymizku?" dedi. Tushuntirishda davom etdim:
"To‘g‘ri, biz Allohni ko‘rmaymiz, ammo Alloh bizni ko‘rib turibdi. Agar biz shu pulni Allohning yo‘lida sarflasak, masalan, masjid qurilishiga bersak, muhtojga sarflasak, biror sadaqai joriyaga ishlatsak, ya'ni Alloh xohlagan joyga bersak, Allohning va'dasida yolg‘on yo‘q, puling albatta ko‘payib ketadi".
O‘g‘lim ikkilanmay pulini Allohga berishga qaror qildi, men esa unga uchinchi taklifniyam aytdim:
" O‘g‘lim, uchinchi taklif shuki, pulni o‘zing uchun sarflaysan".
U savol berdi:
"Bu holatdayam pulimiz ko‘payib ketadimi?"
Men esa javob berdim:
"Yo‘q, o‘g‘lim, bu holatda pulimiz ko‘paymaydi, hatto yaxshiroq o‘yinchoq olishingayam yetmaydi".
Mehnat qilib topgan mablag‘ining shunday yo‘q bo‘lib ketishi o‘g‘limgayam ma'qul emasdi. Shu sababli pulni uchga taqsimladik: ota-ona haqqi, Alloh uchun va o‘z ehtiyojiga. Men bu bilan unga kelajakda muhim hayotiy tamoyilni o‘rgatishga harakat qildim. Xulosa o‘rnida, unga aytgan so‘zlarimni shu yergayam keltirmoqchiman: O‘g‘lim, kelajakda ko‘p pul topasan, inshaalloh, qòlingda doim puling bo‘ladi. Pul topish, nazarimda, uni sarflashni o‘rganishdan osonroq. Puling qancha bòlishi muhim emas, asosiysi uni barakali bòlishida. Esingda chiqmasinki, dastmoyangni ota-onang (oilang), o‘zing va Alloh o‘rtasida taqsimot qil. Ana o‘shanda qo‘linga kelgan va ketgan pullarning barakasini ko‘rasan, hamma xursand bòladi"...
U jimgina eshitib turardi. Shu gapni tugatgach, undan bugungi tanlovi aynan nega "taksichilik" ekanini sòradim.
Uning javobi esa tanamni muzlatib qòydi, meni yanada xursand qilib yubordi, kòzimdagi yoshimni zòrģa ushlab qoldim.
Aytishicha, òsha kundagi ishdan sòng (yomģirdagi) zòr tush kòribdi. Juda chiroyli joylarda yugurib yurgan ekan, xursand ekan, rang barang joylar unga juda yoqqan ekan. Yana òsha joylarni korishni xohlabdi.
Uni tushini òsha payt òziga sharhlab berishni xohlamadim. U joy haqida hoyolimga kelgan juda yaxshi gumonimda qoldim. Shuning uchun unga boshqa savol bera olmadim. Unga aytgan oxirgi gapim esa : "Òģlim, insha Alloh, òsha yerga birga boramiz. Oz qoldi"...