Ҳ А С Р А Т Х О Н А
Билиб турибман, сўнгги хабарлардан кимлардир ўта шод, кимлардир жуда хафа. Кимлардир бор овози билан бақириб, хурсандчилигини бўлишгиси келяпти, кимлардир эса бутун алам ва ҳасратларини тўкиб сочгиси келяпти.
Мана, менга очиб-сочинг юрагингизни😄
Марҳамат, мамнуният билан сизларни ушбу Ҳасратхонага таклиф қиламан. Бемалол, изоҳларда янги қарорни муҳокама қилишингиз мумкин.
Фақат илтимос, кўўўўўп коммент ёзиб, серверни қотириб қўйманглар-а, кейин яна "Биз кўп изоҳ ёзворяпмиз" деб баёнот бериб юришмасин
😉👉 @xushnudbek 👈
Men ham 4 kurs talabasiman maktabda ham ishlayman. OTM onlayn bo'lgani juda yaxshi,sessiyani xarajatsiz yopamiz. Bo'lmasa ko'p xarajatlarga qolib ketardim, naqd 12 ta fan bor a!. Endi eng xafa bo'ladigan va achinarli tomoniga o'tsam maktabni ham onlayn qilishgani bo'ldi. Bolalar shunday ham savodsiz bo'lishgan ekan karantinda. Shu yil maktabda ishlab bildim. Juda qiyin ekan o'qituvchilarga. Men 4 sinflarga rus tilidan dars beraman. O'quvchilarim ruscha o'qish yozishni bilishmaydi. Endi oyoqqa turg'izdim deganimda o'quvchilarimni savodi yana orqa ketadigan bo'ldi. Axir 1 soat ham 1 asrga teng emasmi ilm o'rganishga.
Kimlargadir chorasizlik bag'ishlaydi.
Qishloqdagilar ayni yer ag'darish bilan band
Shahrliklar hovlisiz domlarda zerikib ketadi
#tanganingikkitomoni