Ҳ А С Р А Т Х О Н А

Билиб турибман, сўнгги хабарлардан кимлардир ўта шод, кимлардир жуда хафа. Кимлардир бор овози билан бақириб, хурсандчилигини бўлишгиси келяпти, кимлардир эса бутун алам ва ҳасратларини тўкиб сочгиси келяпти.

Мана, менга очиб-сочинг юрагингизни😄

Марҳамат, мамнуният билан сизларни ушбу Ҳасратхонага таклиф қиламан. Бемалол, изоҳларда янги қарорни муҳокама қилишингиз мумкин.

Фақат илтимос, кўўўўўп коммент ёзиб, серверни қотириб қўйманглар-а, кейин яна "Биз кўп изоҳ ёзворяпмиз" деб баёнот бериб юришмасин 😉


👉 @xushnudbek 👈

10621 comments

Show 100 more comments
𝑨𝒃𝒅𝒖𝒔𝒂𝒎𝒂𝒅𝒐𝒗𝒂
Yaxshi bo'lmadi oldinam kasallik ko'paydi deb karantin qilgandi lekin hamma gap odamni o'zida o'ziga ehtiyot bo'lib karantin qoidalariga amal qilib yursa o'qisa bo'ladi
Assalomi alaykum barchaga. Yuqoridagi fikrlar ko'pini o'qidim(hammasini emas). Mazmun mohiyati oflayn darslar yaxshidi degan ma'noda. To'g'ri oflayn bo'lsa yaxshi, lekin bir tushunarsiz holat ham bor. Ko'p institut va universitetlarda yakuniy nazorat va oraliq nazoratlar qolgan. Ular tugagach uzog'i 30 kun yoki 28 kun talabaga ta'til beriladi. O'zim 2 - kursman. 2021 yilda shunday bolgandi. Javob berilmagan taqdirda ham bizga 24 yanvardan yakuniylar online o'tkaziladimi. O'zi faqat yakuniy nazorat qolgan bo'lsa shu 1 haftada baribir hamma joyda 1 semetr tugaydi. Nega online qilindi. Epidimiologik vaziyatdan shunday bolyabdi desangiz bu g'alati. 10 yanvarda boshlanadigan darsni 24 ga cho'zish keyin esa 24 fevralga. Bu mantiqsiz. 1 oy davomida hammani uyida saqlab o'tirib bo'lmaydi. 24 dekabrdan buyon uyida barcha talabalar uyida. Ko'chaga chiqsangiz 10 ta odamdan 1 tasida ham tibbiy niqob yuq. Ertaga 24 fevralgacha shu ketish bo'lsa nima bo'ladi. Kasallanish kamayadimi?. Menimcha yuq. Gapni indallosi oflayn qilib, 1 haftada yakuniy nazoratni tugatish kerak edi. Endi buni iloji yuqligini men ham, boshqa o'qiyotgan talabalar ham Siz Xushnud aka ham yaxshi bilasiz. Bir taklif bor!! Siz jo'natgan so'rovnomada e'tibor bergan bo'lsangiz oflayn bo'lishiga ovoz berganlar va gibrid ta'limni tanlaganlar talaygina edi. Shuni e'tiborga olib. OT Vazirligi so'rovnoma o'tkazsa. Yakuniy nazorat imtixonlari qolgan institut talabalari o'rtasida so'rovnoma o'tkazilsa yaxshi bo'lardi. Bizni yozadigan taklifimizni hech kim eshitmaydi ko'rmaydi, ko'rsa ko'rmaslikka oladi. Bizda yakuniy nazorat online o'tkazilishiga barcha kursdoshlarim 100 foiz qarshi. Boshqa joylarda ham shunday deb o'ylayman. Shu taklifni ko'rib chiqishingizni so'rab qolard Xushnud aka. ILTIMOS.
(Izohlar ko'pligi uchun ushbu xabarni bir necha bor yubordim.Xushnud aka ko'rishi uchun)
Eeee umrimizni karantinda òtkizdigu boru nima keragi bor edi rejalar yana buzuldi
"Talabalik oltin davr" emas "Talabalik online davr"ga o'zgaradi bu turishda
Dildora Nazarova
Ustozlar qiynalshadi onlaynda. Internetga pulni o‘z yonlaridan harajat qilishadi
Hozi buni xarajatga boglasak ozbek talimini 20 yildan kyn afrika davlatlaridan pastda turganini koramiz , biz oqishimiz kk ilm organib uni amalda qollashimiz kk onlayn talim kimlargadir hozi yaxshi boldi aniqrogi oqishni xohlaydigonlarga agar hozi biz ham ular tomonga otib olsak ertaga kelajak avlodga nmani orgatamiz ?
Offline bo'lishi kerak edi hamma o'z fikricha imkon topib o'qish mumkin deb aytaverishni biladi lekin hamma har xil vaziyatda yashaydi shaxsan men shaharga borib an'anaviy ta'limda o'qisam mustaqil ham oliygoh tomondan ham ancha ko'p narsa o'rganar edim
Sorovnoma o'tkazganda nega kop talabalar online tanlagan🥺shunca karantin yetmadmi ularga keyncalik essz oqmaganman db afsus qladi ushalar virus joy va odam tanlamediku faqat talabalarga va oquvcilargami qolganlar kocadaku hammasi
Tepada bildirilayotgan fikrlarni inobatga olishadi degan umiddamiz. Yana qayta ko'rib chiqishar qarorlarini o'zgartirishar degan umiddamiz. Dushanbagacha 2 kun bor hali
Oflayn bo'lgani yaxshi edida lekin virus ko‘paygani yomon bo'ldi
Hamma Xursand Hamma shod 😁 Muammo yo'q
SHARIFAXON
Men judayam xafa bo‘ldim.Bu virus qachon tugarkan.O‘g‘lim 24~sanani kun sanab kutayotgan edi.Yana bir oy o‘qishga borolmasligini eshitib juda xafa bo‘ldi.Yuragim ezilib ketdi
Show next 100 comments